AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB) Niderlandiya Harbiy razvedka va xavfsizlik xizmatidan ma’lumot olgaç, Ukraina hukumatini 2022 yil iyun oyida “Şimoliy oqim” va “Şimoliy oqim 2” gaz quvurlariga hujumlar böyiça ogohlantirdi. Bu haqda 13 iyun, seşanba kuni The Wall Street Journal (WSJ) xabar berdi.

Gazetaning yozişiça, Niderlandiya rasmiylari Markaziy razvedka boşqarmasiga Ukrainaning qöporuvçilik guruhi Boltiqböyi qirğoğida yaxta ijaraga olmoqçi ekani va ğavvoslar guruhi yordamida törtta gaz quvuri yoniga portlovçi moddalar örnatmoqçi bölganini aytgan.

Şu bilan birga, WSJ Markaziy razvedka boşqarmasi rasmiylarida Ukrainaning Boltiq dengizi katta çuqurliklarida portlovçi moddalarni joylaştirişni talab qiladigan bunday hujumni amalga oşiriş imkoniyati bor-yöqligi haqida savollari borligini tan oladi.

Öz navbatida, Ukraina Mudofaa vazirligining Boş razvedka boşqarmasi ("GUR") vakili Andrey Çernyak The Wall Street Journal gazetasiga bergan izohida Kiyevning gaz quvurlariga hujumga aloqadorligini rad etdi.

2022 yil sentabr oyi oxirida “Şimoliy oqim” va “Şimoliy oqim 2” gaz quvurlarining tört tarmoğidan uçtasi şikastlangan. Şvetsiya, Daniya va Germaniya tomonidan olib borilgan tekşiruvlar gaz quvurlari portlatilganini körsatdi, biroq aybdorlar hozirça aniqlanmagan. Ukraina rasmiylari avvalroq Kiyevning portlaşlarga aloqadorligini bir neça bor rad etgan.