Xorazm viloyati, Qöşköpir tumanidagi «Rasulbek» fermer xöjaligi hududida daraxtlar kesilişiga oid holat viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi boşqarmasi inspektorlari tomonidan örganildi.
Aniqlanişiça, hududda 83 tup har xil turdagi daraxt qöporilgan, 3 tup daraxt ösişdan töxtamaydigan darajada şikastlangan.
Uşbu holat jinoyat işlari böyiça Qöşköpir tumani sudi tomonidan körib çiqildi. Sud hukmiga köra, fermer xöjaligi rahbari B.A.ga Jinoyat kodeksining 198-moddasi 3-qismiga asosan 2 yil ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi.
Şuningdek, sudlanuvçi tomonidan ösimlik dunyosiga yetkazilgan 193,8 million söm miqdoridagi zarar qoplanişi şartligi belgilandi.

















