Oldinroq Kun.uz sönggi vaqtlarda har tong Navoiy şahrini tutun qoplab olayotgani va bu fuqarolarning noroziligiga sabab bölayotgani haqida ma’lum qilgandi. Örganiş jarayonida ekologlar bunga asosiy sabab şahar çetidagi ohak işlab çiqariş sexlari kömir yoqilğisidan foydalanayotgani, buning oqibatida atmosfera havosiga taşlanuvçi ifloslantiruvçi moddalarning barça konsentratsiyalari belgilangan me’yor darajasidan bir neça baravar yuqori bölayotganini ta’kidlaşgan edi.

Holat yuzasidan Navoiy viloyati Ekologiya boşqarmasi rasmiy munosabat bildirib, işçi guruh tuzilgan holda örganiş işlari olib borilgani hamda jarayonda Navoiy şahri va Karmana tumani hududlarida bir neçta ohak işlab çiqariş sexlari noqonuniy faoliyat olib borayotgani aniqlanganini ma’lum qildi.

Şuningdek, Navoiy şahrining atmosfera havosida yuzaga kelayotgan noqulayliklarni bartaraf etiş maqsadida hududdagi ohak işlab çiqariş sexlari faoliyati viloyat hokimi Normat Tursunov hamda boşqa sektor rahbarlari, tegişli taşkilotlar mas’ullari iştirokida joyiga çiqib örganilgan. Örganiş davomida ohak işlab çiqariş bilan şuğullanayotgan tadbirkorlarga atmosferaga çiqarilayotgan çiqindi miqdorini kamaytiruvi filtrlar örnatgandan söng faoliyat olib boriş tavsiya qilingan. Şuningdek, viloyat rahbari tomonidan Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakilni xabardor qiliş orqali tegişli boşqarmalar va taşkilotlar iştirokida işçi guruh tuzib, ohak pişiriş sexlari faoliyatining qonuniyligini örganiş böyiça körsatmalar berilgan.


















