Bino va inşootlar qurilişida avtoturargohlarni hududlar kesimida kişi boşiga köra loyihalaştiriş talabi belgilanmoqda. Bu haqda Quriliş va uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ma’lumot berdi.
Ta’kidlanişiça, Toşkent şahri va poytaxt viloyatida 1 xonadonga 1 ta avtoturargoh örni, boşqa viloyatlarda esa 2 xonadonga 1 ta avtoturargoh bölişi nazarda tutilmoqda.
Maktab va boğçalarda 25 nafar bolaga 1 ta, oliy ta’lim muassasalarida 4 nafar talabaga 1 ta, şifoxona va poliklinikalarda 5 nafar qatnovçiga 1 ta, ma’muriy ofis, taşkilot va xöjalik muassasalari binolarining 10 metr kvadrat qismiga 1 ta, masjidlarda 10 nafar taşrif buyuruvçi uçun 1 ta, bozorlardagi har ikkita savdo joyiga bittadan, mehmonxonalardagi har 5 ta öringa 1 tadan avtoturargoh bölişi şartligi belgilab qöyilyapti.
Şuningdek, ta’mirlaş-quriliş işlari xavfli tabiiy jarayonlar va hodisalarning paydo bölişiga yoki kuçayişiga olib kelmasligi hamda odamlarning hayoti va soğliğiga ta’sir qilmasligi, şuningdek, atrof-muhit, hayvonot va ösimliklar olamiga zarar yetkazmasligi şartligi körsatilgan.
















