Qoraqalpoğiston Respublikasining Qonliköl tumanidagi fermer xöjaligi rahbari mazkur fermer xöjaligiga hamda öziga aloqasi bölmagan 3 ta fermer xöjaligiga tegişli bölgan, qişloq xöjaligiga möljallangan jami 620 gektar yer maydonini mansabdor tanişlari orqali xaridor nomiga rasmiylaştirib beriş evaziga 400 ming AQŞ dollari talab qilib, oldindan 200 ming AQŞ dollarini öz qarindoşi orqali olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati böyiça boşqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining hududiy boşqarmasi xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Boş prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boşqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda Oqdaryo tumanidagi fermer xöjalik rahbari mazkur xöjalikning 1,5 gektar yer maydonini issiqxona taşkil qilmoqçi bölgan fuqaroga 120 ming AQŞ dollariga sotişga kelişib, oldindan 60 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi. 

Boşqa holatda esa Urgut Savdo Kompleksi MÇJda işlovçi şaxs özganing işonçiga kirib, unga mazkur savdo kompleksi hududidan 60 kvadrat metr yer maydoni olib beriş uçun 40 ming AQŞ dollari talab qilib, oldindan 30 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi. 

Namangan viloyat kiçik sanoat zonalarini boşqariş va muvofiqlaştiriş direksiyasining tumanlardan biridagi mas’ul xodimi özi faoliyat yurituvçi tumanda joylaşgan kiçik sanoat zonasi hududidan 80 sotix yer maydoni olib beriş uçun tadbirkorlik bilan şuğullanmoqçi bölgan fuqarodan 300 mln söm olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan uşlandi.

Hozirda barça holatlar yuzasidan mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.