Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Misrning Orascom Construction kompaniyasining sanoat parklarini taşkil etiş va quriliş materiallari işlab çiqariş bölimi rahbari Omar Bebars boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşdi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga köra, suhbat çoğida Misr delegatsiyasining bir kun avval soha birlaşmalari rahbarlari va mahalliy hokimiyat organlari bilan ötkazgan qator işçi uçraşuvlari yakunlari sarhisob qilindi. Navoiy viloyatida tayyor elektrotexnika, töqimaçilik va farmatsevtika mahsulotlari işlab çiqaruvçi korxonalarni joylaştiriş uçun sanoat zonasini taşkil etiş loyihasini amalga oşiriş imkoniyatlari örganildi.

Şuningdek, kompaniya Toşkent, Andijon, Qaşqadaryo va Namangan viloyatlarida tayyor töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan yangi sanoat parklarini boşqarişda iştirok etiş rejalari bilan örtoqlaşdi. Kompaniya vakillariga mamlakatimizga öz sarmoya, tajriba va innovatsion işlanmalarini olib kirişda har tomonlama yordam körsatişga tayyorlik bildirildi.