Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Aholining yengil avtotransport vositalariga bölgan ehtiyojini qondiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarorni imzoladi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Qarorga köra, işlab çiqarilganiga 1 yildan oşmagan, dvigatel hajmi 1 200 sm kubdan yuqori bölmagan yangi yengil avtotransport vositalari uçun (TN TIF kodi 8703 21 10, 8703 22 10 va 8703 31 10) 2026 yil 1 yanvarga qadar quyidagi bojxona boji stavkalari belgilanmoqda:
- 1 000 sm kubgaça — 0 foiz (amalda – 15 foiz + 0,4 AQŞ doll/kub sm);
- 1 000–1 200 sm kub — 5 foiz (amalda – 15 foiz + 0,6 AQŞ doll/kub sm).
Natijada dvigatel hajmi 1 000 sm kubgaça bölgan avtomobillar uçun bojxona tölovlarining jami miqdori amaldagi 39–43 foizdan 19–23 foizgaça, dvigatel hajmi 1 000–1 200 sm kub bölgan avtomobillar uçun esa 44–52 foizdan 30–36 foizgaça kamayadi.
Yangi qaror narxga qanday ta’sir qiladi?
Prezident qarori asosida dvigatel hajmi 1200 sm kubgaça bölgan avtomobillar uçun bojxona stavkalari keskin kamaytirilgani, 1000 sm kubgaça bölganlariga esa 0 foizga tuşirilgani narxlarga qanday ta’sir qiladi? Keling, buni aniq misollar bilan körib çiqamiz.
1 000 sm kub hajmli avtomobil uçun
Uşbu toifaga kiruvçi bozor narxi 10 ming AQŞ dollari bölgan avtomobilni misol sifatida olamiz. Bunda quyidagi majburiy tölovlar mavjud:
Bojxona boji
- Avval: 1 900 AQŞ dollari (15 foiz + 0,4 AQŞ doll/kub sm).
- Hozir: 0 AQŞ dollari (0 foizga tuşirildi).
- Farq: 1 900 AQŞ dollar
QQS (12 foiz)
- Avval: 1 428 dollar (bojxona boji qöşilgaç hisoblangan)
- Hozir: 1 200 dollar
- Farq: 228 dollar
Utilizatsiya yiğimi (bazaviy stavkaning 30 baravari)
- Taxminan 846 dollar (9 mln 900 ming söm)















