Bugungi kunga kelib, Özbekistonda ulkan işlab çiqariş salohiyatiga ega bölgan töqimaçilik sanoati şakllantirilgan bölib, uning tizimida qariyb 7 mingga yaqin korxona samarali faoliyat yuritmoqda. Şuningdek 1,4 million tonna hajmda paxta tolasini işlab çiqarişga möljallangan quvvatlar yaratilgan. Uşbu xomaşyoning qariyb 60 foizi mamlakatimiz töqimaçilik korxonalarining ehtiyojlarini qondirişga işlatilmoqda. KUN.UZ muxbiri 28 dekabr kuni Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat institutida töqimaçilik va tikiş-trikotaj sanoatining jadal rivojlanişiga bağişlangan matbuot anjumanida berilgan ma'lumotlarga asoslanib, şu haqida xabar berdi.
Avval "Özbekengilsanoat" AJ tarkibiga atigi 436 taşkilot kirgan bölsa, endilikda "Öztöqimaçiliksanoat" Assotsiatsiyasiga töqimaçilik sanoatining barça korxona va taşkilotlari a'zo bölişi mumkin. Bu mahalliy işlab çiqaruvçilar uçun qator afzalliklarni taqdim etadi. Jumladan, "Öztöqimaçiliksanoat" Assotsiatsiyasiga a'zo korxonalar import qilayotgan paxta, sun'iy va sintetik tola, jun, xomaşyo hamda töqimaçilik mahsulotlarini çiqariş uçun zarur bölgan va respublikada işlab çiqarilmaydigan boşqa materiallar uçun bojxona tölovlarini tölaşdan ozod qilinadi (bojxona hujjatlarini rasmiylaştiriş yiğimlaridan taşqari).
Bundan taşqari, "Öztöqimaçiliksanoat" Assotsiatsiyasiga öz a'zolarining manfaatlarida da'vo kiritiş, davlat organlari va boşqa taşkilotlar qarorlari, sud jarayonida mansabdor şaxslarning harakatlari yuzasidan davlat bojini tölamasdan şikoyat arizalarini uzatiş huquqi taqdim etilgan.
Şuningdek, matbuot anjumanida klasterlar yaratilişi töqimaçilik sanoatini yanada rivojlanişining eng samarali şakllaridan biriga aylanişi alohida ta'kidlandi. Mazkur model paxta yetiştiriş, unga birlamçi işlov beriş, söng paxta tozalaş korxonalarida qayta işlaş va yuqori qöşimça qiymatga ega bölgan tayyor töqimaçilik mahsuloti işlab çiqarişdan iborat bölgan yagona işlab çiqariş davrini yaratişni nazarda tutadi. Uşbu vazifadan kelib çiqib, Navoiy viloyatida taşkil etilgan tajriba-sinov natijalarini hisobga olgan holda, örta muddatli istiqbolda paxta-töqimaçilik klasterlarini rivojlantiriş Kontseptsiyasining loyihasi işlab çiqilmoqda.
















