Endilikda bojxona tölovlari böyiça imtiyozlar qöllagan holda Özbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan tovarlar röyxatlari va ularga tuzatişlar, imtiyozlar beriş töğrisida qonun yoki Özbekiston Respublikasi Prezidentining hujjati mavjud bölgan taqdirdagina, imtiyoz berilgan taşkilot tomonidan şakllantiriladi, şuningdek, ularning kompleks ekspertizasini amalga oşiriş uçun Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi qoşidagi "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qiliş markazi” davlat unitar korxonasiga kiritiladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 31 may kuni imzolagan “Imtiyozlar va prefentsiyalar beriş tartibini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida şunday deyiladi.
Ma'lum qilinişiça, bojxona tölovlari böyiça imtiyozlar qöllagan holda Özbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan tovarlar röyxatining kompleks ekspertizasi yakunlari böyiça Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi qoşidagi "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qiliş markazi” davlat unitar korxonasining ijobiy xulosasi olingan taqdirda, taşkilot röyxatda körsatilgan tovarlarni belgilangan tartibda import qiliş huquqiga ega böladi.
Şuningdek, hujjatda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi berilgan imtiyozlarni muddatidan oldin tugatiş yuzasidan Özbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga asoslantirilgan takliflar kiritiş huquqiga ega ekani ta'kidlanmoqda.
Qarorda imtiyozlar berişni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligida majburiy tartibda ekspertizadan ötkazilişi şartligi ifodalangan. Bunda uşbu loyihalar yuzasidan Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi tomonidan amalga oşiriladigan ekspertizalarning boşqa turlari bir vaqtda ötkaziladi.
Ekspertizadan ötkaziş uçun taqdim etilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasiga söralayotgan imtiyozlar böyiça asoslantiriş va tegişli hisob-kitoblar majburiy tartibda ilova qilinadi.
Ularda loyihaning maqsadi, amalga oşiriş muddati, kiritilayotgan investitsiya va eksport hajmi, yangidan taşkil etiladigan iş örinlari soni, yaratilayotgan yoki joriy etilayotgan innovatsion mahsulot, texnologik yangiliklar, progressiv ilmiy izlanişlarning aniq natijalari, işlab çiqariş, işlar (xizmatlar, soliq tuşumlari, imtiyozlarning hisoblangan summasi va boşqalar) hajmining ösişi körsatiladi.
Uşbu hujjatlar, jumladan, quyidagilarni:
















