Mali taşqi işlar vaziri Abdulayye Diop 16 iyun, juma kuni BMT Xavfsizlik kengaşidan BMTning Malidagi köp ölçovli integratsiyalaşgan barqarorlaştiriş missiyasi tinçlikparvar kuçlarini “zudlik bilan” mamlakatdan çaqirib olişni talab qildi. Diopning sözlariga köra, BMT tinçlikparvar missiyasi mamlakatdagi vaziyatni yanada xavfsizroq qila olmadi va bundan taşqari, öz harakatlari tufayli mamlakat aholisida “işonçsizlik hissi” paydo böldi.

“Barqarorlaştiriş missiyasi muammoning bir qismiga aylanib, jamiyatdagi keskinlikni kuçaytirib, Malida tinçlik, yaraşuv va milliy birlikka katta zarar yetkazyapti”, dedi taşqi işlar vaziri Xavfsizlik kengaşi yiğilişida. Uning aytişiça, mamlakat hukumati BMT bilan muzokaralar ötkazişga tayyor, biroq taşkilot boş kotibi Antoniu Guterrişning missiya mandatini özgartiriş böyiça barça takliflarini rad etgan.

Barqarorlaştiriş missiyasi rahbari El Gassim Vane, öz navbatida, rasmiylari rozi bölmagan mamlakatda missiyani davom ettiriş "deyarli imkonsiz" ekanligini aytdi.

Birlaşgan Millatlar Taşkiloti vakillari sönggi paytlarda Malida xavfsizlik va inson huquqlari bilan boğliq vaziyat yomonlaşganini qayta-qayta qayd etişgan. Yanvar oyida BMTning inson huquqlari böyiça ekspertlari "Vagner" XHK va Mali hukumati kuçlari faoliyatini, jumladan, tinç aholini qirğin qiliş ehtimolini mustaqil tekşirişga çaqirgan edi. Bayonotda aytilişiça, 2021 yildan buyon ekspertlar Malidan qatl qiliş, qiynoqlar, ommaviy qabrlar, zörlaş, noqonuniy hibsga olişlar va zörlik bilan ğoyib bölişlar haqida doimiy ravişda bezovta qiluvçi xabarlar olmoqda.