Top-çempionatlarning aksarida hali yozgi transferlar oynasi oçilmagan, ammo allaqaçon qator közga körinarli transferlar amalga oşirildi. Quyida Yevropada sönggi kunlarda röy bergan diqqatga sazovor transferlarga töxtalib ötiladi.

Jud Bellingem: «Borussiya» Dortmund → «Real» (103 mln yevro)

Jud Bellingem. FOTO: REALMADRID.COM

Bu sönggi haftaning eng asosiy transferi böldi. Albatta, Bellingem hali Lionel Messi yoki Karim Benzem kölamidagi futbolçi emas, ammo transfer summasi e’tiborga molik. «Real» 19 yoşli yarimhimoyaçi uçun 103 mln yevroni ayamadi, «Borussiya» esa yana bir bor yoş futbolçisi orqali kattagina mablağ işlab oldi. «Real» prezidenti Florentino Peres Bellingemga köplab klublar qiziqiş bildirgani, ammo futbolçining özi Madridni tanlaganini aytdi. Jud bu qarorni pul tufayli qabul qilmaganini ta’kidladi. U yangi jamoada bir vaqtlar Zinedin Zidanga tegişli bölgan 5-raqamni tanladi. Bellingemning «Real» bilan şartnomasi olti yilga möljallangan.

Jyeyms Milner: «Liverpul» → «Brayton» (erkin agent)

Jyeyms Milner. FOTO: BRIGHTONANDHOVEALBION.COM

«Brayton» öz tarixidagi ilk yevrokubok arafasida jiddiy transfer amalga oşirdi. Ha, Milner 37 yoşda, ammo u hatto şu yoşida ham jamoasiga foyda keltira oladi. Bu futbolçi ulkan tajribaga ega. U «Man Siti» va «Liverpul»da yuqori darajada öyin körsatgan, bu jamoalar bilan qator sovrinlarni qölga kiritgan, endi esa ötgan mavsumda sensatsiya kötargan jamoaga yordam berişga tayyor. Faxriy futbolçi 1+1 körinişidagi şartnomani imzoladi. «Brayton» boş murabbiyi Roberto De Dzerbi Milnerning transferini katta yutuq deb atadi. Italiyalik mutaxassis Jyeyms jamoaga yangi darajaga çiqişda yordam berişiga işonçi komil.

Mahmud Dahud: «Borussiya» Dortmund → «Brayton» (erkin agent)

Mahmud Dahud. FOTO: BRIGHTONANDHOVEALBION.COM

Yana bir futbolçi erkin agent maqomida «Brayton»ga kelib qöşildi. Dahud Milnerdan 10 yilga yoşroq va uşbu nemis futbolçisi bilan 2027 yilga qadar şartnoma tuzildi. Darvoqe, Mahmud uçun Angliyaga keliş —mutlaqo yangi tajriba. Bungaça u faqat öz vatanida öynagan («Borussiya» M, «Borussiya» D), endi u özini mutlaqo boşqa darajadagi çempionatda sinab köradi. Yakunlangan mavsum Daud uçun juda oğir keçdi. Birinçi davrada u yelkasidagi jarohat tufayli uç oy davomida maydon taşqarisida qoldi, ikkinçi davrada esa köpinça zaxira örindiğida qolib ketdi. Natijada — Dahud butun mavsum davomida atigi 10 öyinda maydonga tuşdi.