"Xivada bölib ötgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi birinçi xalqaro kimyo olimpiadasi iştirokçilari va ğolib hamda sovrindorlarini tabriklayman. Olimpiadada uç qit’aning 16 davlatidan yoş olimlar iştirok etdi", deb yozadi u.
Qayd etilişiça, Özbekistonda bunday nufuzli xalqaro olimpiadalar bölib ötişi bejiz emas.


"Prezidentimiz sa’y-harakatlari bilan ilmga va ilm ahliga munosabat özgardi, olimlarning qadri tiklana boşladi. Ta’limga yangi talablar qöyilyapti, butun tizim yangilanmoqda", deydi Saida Mirziyoyeva.

Bildirilişiça, olimpiadada iştirok etgan yoşlar barça tengdoşlari uçun örnak va namuna böladi.



















