Jaziramada konditsionerdan muntazam foydalanish qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?
Tibbiyot fanlari nomzodi Durdona Alimova konditsionerdan noto‘g‘ri foydalanish oqibatlaridan ogohlantirib, kerakli tavsiyalarni berdi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Yozning jazirama kunlarida konditsionerdan muntazam va noto‘g‘ri foydalanish turli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
«Issiq kunlarda konditsionerning salqin havo oqimi, ayniqsa, go‘daklar va yoshi katta kishilarga ijobiy ta’sir etadi. Sababi ularda tanani sovitish tizimi mukammal bo‘lmaydi. Biroq bu qurilma tagida uzoq vaqt o‘tirish har qanday inson salomatligida salbiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Eng avvalo, konditsionerdan muntazam foydalanish tufayli xonada namlik yo‘qolib, yopiq deraza va eshiklar sharoitida havo kislorod bilan to‘yinmaydi. Bu esa vaqt o‘tishi bilan teri quruqlashib, yuzda ajinlar paydo qiladi. Qolaversa, terining doimiy quruqligi uning tashqi qatlamiga salbiy ta’sir etib, qichishish yuzaga keladi.
Shuningdek, salqin xonadan issiq joyga chiqish, ya’ni ikki xil ekstremal harorat tanada stress reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Bu o‘z navbatida yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini qo‘zg‘ashi mumkin.
Qolaversa, qon bosimi odatda issiqdan ko‘ra, sovuq havoda yuqori bo‘ladi. Chunki, salqin harorat qon tomirlarining siqilishi va spazmlarga olib keladi. Shunday ekan, konditsioner tagida uzoq vaqt o‘tirish sistolik va diastolik qon bosimini ko‘taradi. Shuning uchun xona harorati tashqi havodan keskin farq qilmasligi, ya’ni 5-7 daraja past bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Konditsionerning yana bir salbiy tomoni, u tana haroratini tushirib yuboradi. Oqibatda bronxit, tomoq, bel va bo‘yin og‘riqlari yuzaga keladi. Ayniqsa, qurilmaning sovuq havosi insonga to‘g‘ri yo‘naltirilsa, nafas yo‘llari va mushaklar shamollashi, hatto, zotiljam kelib chiqishi mumkin.
Shu bois, undan foydalanganda eng past haroratga qo‘ymaslik (xonadon va ofislarda o‘rnatiladigan konditsionerlarda +18 va +20 daraja oralig‘idagi harorat eng qulay hisoblanadi) va salqin havo oqimining xona bo‘ylab bir tekis tarqalishiga e’tibor qaratish zarur», — deydi tibbiyot fanlari nomzodi Durdona Alimova.
Bundan tashqari, konditsionerlarda nafas tizimi infeksiyalarini qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar to‘planib, bu holat allergik kasalligi bor insonlarga salbiy ta’sir etishi mumkin. Shu sababli uning tozaligiga doimo e’tibor qaratish va filtrlarni tez-tez tozalab turish lozim.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp YeI bilan savdo kelishuviga erishishiga «100 foiz» ishonch bildirdi
Jahon | 09:20
-
«Sumi uchun qasos»: Ukrainaning Shuya va Kurskka zarbalari haqida
Jahon | 09:06
-
40 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi moddani olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi
O‘zbekiston | 09:04
-
Tramp Ukraina bilan yerosti boyliklari bo‘yicha bitim imzolanishini e’lon qildi
Jahon | 08:40
Mavzuga oid

23:32 / 18.10.2024
Konditsioner va elektromobillar kelajakda energiya iste’molining asosiy drayveri bo‘ladi

17:50 / 24.08.2024
Ispaniyada jazirama tufayli zaytun yog‘ini ishlab chiqarish kamaymoqda

11:49 / 13.08.2024
Daraxtlar jaziramada shahar havosini sovitolmasligi mumkin - tadqiqot

09:51 / 13.08.2024