Foto 001. Vladimir Putin Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan bilan uçraşmoqda.
Foto: Mixail Metsel / TASS

Ham Ğarb davlatlarida, ham Şarqda bölib ötgan bir neça muzokaralardan söng Ozarboyjon va Armaniston nihoyat umumqamrovli, çinakam tarixiy sulh şartnomasi imzolaşga juda yaqin kelişdi. Sönggi marta Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Moskvada uçraşişdi va Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengaşi doirasida kiçikroq muloqot ötkazişdi. Garçi Ozarboyjon YeOII a’zosi bölmasa ham, Aliyevni tadbirga çaqirişdi.

Rossiya OAV, jumladan, Kremlda ötgan bu uç tomonlama muzokaralarni batafsil yoritgan «Vedomosti» gazetasi rossiyalik tomoşabinlar va muştariylarda göyoki poşşoning yerlaridagi knyazlar avvalgi davrlardagidek oqpoşşoga boş urib kelganidek taassurot yöqolmasligi uçun vaziyatni şunday tasvirlaşga ötişdi. Hammasi u zoti oliylarining xayrixohligini qozoniş, göyoki buyuk bir insonni öz foydasiga oğdiriş uçundek.

Aslida, işlar bu da’volarga butunlay qarama-qarşi körinişda. «Vedomosti» gazetasi masalan, Putin öşa yiğilişda Moskvaga kelgani uçun Aliyevga taşakkur bildirgani haqida yozgan. Bu tasodif emas, Aliyevning taşrifi özidan ham köra Putinga köproq zarur edi, çunki Kremlning Kavkazorti işlariga ta’siri endilikda agar nolga teng bölmasa ham, şunga yaqin.

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev. Foto: Mixail Metsel / TASS. kremlin.ru

Gap şundaki, Ozarboyjon va Armaniston örtasidagi imzolanişi muhokama bölayotgan sulh şartnomasi Yerevanning Qoraboğga tarixiy da’vosidan voz keçişni taqozo etiş bilan birga, Moskvaning Kavkazortida qaqşatkiç mağlubiyatga uçraganini ham bildiradi.

Ozarboyjon uçun bu şartnomaning imzolanişi 2020 yil kuzidagi Ikkinçi Qoraboğ uruşida uning töliq ğalabaga erişgani va ulkan taşqi siyosiy muvaffaqiyatni anglatadi.

Armaniston uçun, birinçi navbatda uning ayni paytdagi hukumati uçun bu şartnoma murakkab sinov bölişi mumkin. Hozirça Paşinyan va uning partiyasi şartnoma imzolangaç mamlakatdagi hokimiyatni öz qölida saqlab qola oladimi-yöqmi, bunisi noma’lum. Moskva jon-jon deb armanlarga hukumatga qarşi namoyişlar ötkazişni taşkillaştiriş yoki şunday namoyişlarni qöllaşga urinişi mumkin, biroq bu öyinlarning istiqbollari baribir şubhali. Albatta, armanlarning köpçiligi Qorboğni özlariniki deb hisoblaşadi, lekin uning uçun qon tökiş istagida yonayotgani yöq. Putin esa hozir Boku va Anqaraning mustahkam koalitsiyasiga qarşi uruş qila oladigan holatda emas, deb