Ayni paytda sayyoramizda degradatsiyaga uçragan yerlarning uluşi 40 foizga yetadi. Bu holat oziq-ovqat yetiştirişni xavf ostiga qöyadi, biologik xilma-xillikka tahdid soladi va iqlim inqirozini yanada kuçaytiradi. Bu haqda BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş Butunjahon çöllaniş va qurğoqçilikka qarşi kuraşiş kuni munosabati bilan ma’lum qildi.
«Biz yersiz yaşay olmaymiz, lekin biz unga axloqsizlarça munosabatda bölamiz. «Beqaror dehqonçilik tufayli, tuproq eroziyasi uning qayta tiklaniş tezligidan yuz baravar yuqori», dedi u.
Bundan ayollar va qizlar eng köp zarar körmoqda, deb qöşimça qildi BMT rahbari, nomutanosib ravişda oziq-ovqat va suv ta’minotidan aziyat çekmoqda va yerni notöğri boşqariş natijasida majburiy migratsiyaga yuz tutmoqda.
«Köpgina mamlakatlarda qonunlar va amaliyotlar ayollar va qizlarning yerga egalik qilişiga tösqinlik qiladi. Ammo, ayollar va qizlar imkoniyatga ega bölgan mamlakatlarda ular yerni qayta tiklaş va himoya qiliş, uni yanada unumdor va qurğoqçilikka çidamli qiliş bilan şuğullanmoqda, soğliqni saqlaş, ta’lim va ovqatlaniş sohalariga sarmoya kiritmoqda», dedi u.
Yerga bölgan teng huquqlar uni himoya qilişga ham, gender tengligiga erişişga ham xizmat qiladi, deb ta’kidladi BMT rahbari, butun dunyo hukumatlarini ayollarning yerga egalik qilişiga tösqinlik qilayotgan huquqiy tösiqlarni olib taşlaşga va ularni uşbu sohadagi siyosatni işlab çiqişga jalb qilişga çaqirdi.
«Biz ayollar va qizlarga eng qimmatli resursimizni himoya qiliş uçun öz hissasini qöşişga yordam berişimiz kerak. Keling, 2030 yilgaça yerlar degradatsiyasini töxtatiş uçun birgalikda harakat qilaylik», dedi u.

















