Rasmiy statistikaga köra, 2023 yilning dastlabki tört oyida Rossiyada 407 ming 188 nafar bola dunyoga kelgan. Bu 420 mingdan ziyod bola tuğilgan 2022 yilning şu davriga nisbatan 12 ming 885 nafarga kamroq.
Agar 2023 yilning qolgan oylarida ham tuğiliş darajasi şunday bölib qolaversa, 407 ming 188 sonini uçga köpaytirib, 1 mln 221 ming yangi tuğilgan çaqaloqlar sonini çiqariş mumkin.
Sovet va Rossiya rasmiy statistikasiga köra, 1980 yildan buyon Rossiyada faqat 1999 yilda bu körsatkiçdan kam bola tuğilgan. Öşanda 1 mln 215 ming tuğiliş qayd etilgan va buning sababi 1998 yilgi örta sinfga qaqşatqiç zarba bergan defolt bilan tuşuntirilgan.
Qayd etiş lozimki, Rossiyada 2014 yildan buyon sakkiz yildirki, tuğiliş darajasi paydar-pay kamayib bormoqda. 2014 yilda Rosstat 1 mln 912 ming çaqaloq dunyoga kelganini qayd etgandi — bu 1992 yildan keyingi eng rekord körsatkiç bölgan (2014 yilgi natijalarda Rossiyaning xalqaro tan olingan çegaralaridagi tuğilişgina emas, Qrimdagi tuğilişlar soni ham hisobga olingan; ikkinçidan, Putin davrining eng yaxşi körsatkiçi şu holda ham sovet davridagi eng yaxşi körsatkiçlarga yaqin kela olmagan: 1980-yillarda RSFSRda ayrim yillari 2,5 milliongaça bola dunyoga kelgan).
Tabiiyki, Rossiyada tuğiliş darajasi aynan Ukrainaga hujum boşlangan 2014 yildan boşlab tuşa boşlagani aslo tasodif emas.
Garçi avvalboşda — Qrim anneksiya qilinganida fuqarolar şapkasini osmonga otib, «ura» deb baqirişgan bölsa-da, Putinning 2014 yilda Ukrainaga qarşi boşlagan uruşi fuqarolarga ertangi kunga işonç taqdim etmasligi tobora oydinlaşmoqda. Mamlakatda tuğiliş darajasiga ta’sir körsatgan jihat sanksiyalar va harbiy xarajatlarning ösişi tufayli aholining turmuş darajasi yomonlaşgani böldi. Boz ustiga, Rossiyada bir qator ijtimoiy kafolatlar pasaytirildi (jumladan, 2018 yilda pensiya çiqiş yoşiga 5 yil qöşildi).
Rossiyada tuğiliş körsatkiçi bilan vaziyat bir qadar tuşunarli bölsa-da, aholi soni kamayişini hisoblaşning boşqa bir asosiy körsatkiçi — ölim darajasi bilan işlar umuman paçava.
2015 yilda Rossiyada qabul qilingan qonunga köra, «tinçlik davrida» harbiy yöqotişlar bilan boğliq ma’lumotlarni oşkor etiş taqiqlanadi. Rossiya hozir rasman Ukrainaga qarşi uruşga kirişmagan, şunçaki «maxsus harbiy amaliyot» ötkazayotgani sababli ulardagi vaziyat hamon «tinçlik davri» hisoblanadi, binobarin, harbiy yöqotişlar haqidagi ma’lumotlar oçiq axboriy makonga çiqarilmaydi.
Rosstat tomonidan e’lon qilinayotgan oddiy ölim körsatkiçlariga ham işonib bölmaydi. Davlat idorasi avvalroq e’lon qilingan ma’lumotlarga köra, Rossiyada ölim körsatkiçi 2021 yildagi 2 mln 445 mingdan uruş boşlangan 2022 yilda 1 mln 905 minggaça pasaygan va qariyb 540 mingga keskin qisqargan. Ikkinçi jahon uruşidan söng eng qirğinbarot uruşda qatnaşayotgan mamlakatda bunaqasi qanday röy berişi mumkin degan örinli savol bir çetga surib qöyilganida ham, boşqa savollar oçiq qolaveradi.

















