Köp davlatlar qatori Özbekistonda ham öng tomonlama harakat qoidasi amal qiladi. Bunda avtotransportlar yölning öng tomonidan harakatlanadi, haydovçi örindiği esa avtomobillarning çap tomonida joylaşadi. Dunyoning katta qismida öng tomon qoidasi amal qiladi. Ma’lumotlarga köra, bunday davlatlarning uluşi 66 foizni taşkil etadi.
34 foiz uluş esa “çapaqay”larga töğri keladi. Ular orasida Hindiston, Pokiston, Indoneziya, Buyuk Britaniya kabi yirik davlatlar ham bor. Şuningdek, jahondagi yöllarning 72 foizi öng tomonli, 28 foizi esa çap tomonli yöllardir.
Tarix
Jahon aholisi içida çapaqaylar unça katta guruhni taşkil qilmaydi. Lekin şunga qaramasdan çap tomonlama harakat tarixi uzoq asrlarga borib taqaladi.
Tarixiy faktlarga köra, uşbu tarzdagi harakat Qadimgi Rimda ham aniqlangan. Jumladan, miloddan avvalgi 50 yillarda zarb etilgan tangada aks etgan çavandoz tasviridan buni bilib oliş mumkin. Unda çavandoz ot mingan holda yölning çap tarafida turgani aks etgan.
Zamonaviy çap yöl harakatining asosiy taşabbuskori Buyuk Britaniya sanaladi. Şu sababdan mazkur qoida Britaniyaning sobiq mustamlakalari orasida keng tarqalgan. Tarixçilarga köra, Britaniyaga mazkur odatni Rim imperiyasi meros qilib qoldirgan.
1756 yilda London köprigida çap tomonlama harakatlaniş borasida bill (hujjat) qabul qilindi, asr oxirida esa “Yöl akti” qabul qilindi. Natijada butun Angliya böylab çap qöl qoidasi amal qila boşladi.
Inglizlar çap tomonlama harakatga bir qança sababni keltirişdi, ularga köra, bunday harakatda tananing faol qismi, ya’ni öng tomon köproq işlatiladi, haydovçi özining kuçliroq bölgan qölidan köp foydalanadi.
1969 yil britaniyalik injyener Jon Jozef Limingga köra, çap tomonlama harakatda öngga qaraganda kamroq yöl-transport hodisalari kuzatilgan.
Nega köpçilik öng tomonlama harakatlanadi?
Agar çap tomonlama harakat xavfsizroq bölsa, nega köpçilik öng tomonni qoida tariqasida qabul qilgan degan savol tuğiladi. Bu maşhur sarkarda Napoleon davriga borib taqaladi.









