Kecha, 21 iyun kuni soat 20:43 da Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi fermer xo‘jaliklaridan birining hududida taxminan 3 gektar g‘alladan bo‘shagan yer maydoni yongan.  

Voqea joyiga 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 21:00 da yetib borib, yong‘in soat 21:15 da o‘chirilgan.  

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.