Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
Senatning qirq ikkinchi majlisida “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunga qadar normativ-huquqiy hujjatlarni va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish qonun bilan emas, balki Adliya vazirligining buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizom asosida tartibga solingan.
Qonun sohadagi muammolarni bartaraf etish va uni tartibga soluvchi yagona qonun sifatida ishlab chiqilgan. Qonun bilan normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasining asosiy prinsiplari belgilanmoqda.
Korrupsiyaga qarshi ekspertizani o‘tkazish nafaqat Adliya vazirligi tomonidan, balki Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, yuridik xizmat xodimlari hamda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash o‘z zimmasiga yuklatilgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalariga normativ-huquqiy hujjatlarning jamoatchilik ekspertizasini o‘tkazish huquqi berilmoqda. Jamoatchilik tomonidan taqdim etilgan taklif va tavsiyalar tegishli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan majburiy ravishda ko‘rib chiqiladi.
Korrupsiyaga qarshi ekspertizani o‘tkazishga oid faoliyatni uslubiy jihatdan ta’minlash hamda monitoring qilish Adliya vazirligiga yuklatilmoqda.
“2021 yilning o‘zida 800 dan ortiq amaldagi qonunchilik hujjati korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lsa, ularning 224 tasida, ya’ni 28 foizida 650 dan ortiq korrupsiyaviy omil aniqlangan.
Mana shu raqamlarning o‘zi korrupsiyaga qarshi ekspertizaning qanchalik muhimligi haqida dalolat beradi.
Korrupsiyaga qarshi ekspertiza shunchaki byurokratik protsedura emas, balki har tomonlama puxta o‘ylangan va tashkil qilingan, aniq maqsadli, keng qamrovli, tizimli va muntazam amaliyot bo‘lmog‘i zarur”, deya ta’kidlagan Senat raisi Tanzila Norboyeva.
Muhokama yakunida qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Mavzuga oid
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026