Jahon | 11:18 / 22.06.2023
8543
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda restoranda gaz portlashi oqibatida 31 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning Inchuan shahridagi restoranda maishiy gaz portlashi oqibatida kamida 31 kishi halok bo‘ldi, 7 kishi yaralandi.

Foto: AP

Xitoy shimoli-g‘arbidagi Inchuan shahrida sodir bo‘lgan portlashda kamida 31 kishi halok bo‘ldi. Portlash shahar markazida, turar joy hududida joylashgan barbekyu restoranida suyultirilgan gaz sizib chiqishi natijasida sodir bo‘lgan, deya xabar bermoqda «Sinxua» davlat axborot agentligi Kommunistik partiyaning mintaqaviy bo‘limiga tayanib. Restoranga tashrif buyurgan yana yetti kishi turli darajada tan jarohatlari oldi, ularga yordam ko‘rsatilmoqda.

Hodisa 21 iyun, chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:40 da (Toshkent vaqti bilan 17:40) yuz bergan. Voqea joyidan olingan reportajda CCTV davlat telekanali bir necha o‘nlab o‘t o‘chiruvchilarni, binoning fasadida tutun chiqayotgan teshikni, shuningdek, boshqa restoran va barlar joylashgan, shisha sinig‘i va qurilish materiallari bo‘laklari bilan qoplangan ko‘chani ko‘rsatdi.

Portlash uch kunlik ajdar-qayiqlar festivali arafasida, ko‘plab xitoyliklar restoranlarga tashrif buyurib, do‘stlari bilan uchrashadigan vaqtda sodir bo‘lgan. 

Mavzuga oid