Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 iyuldan tadbirkorlarga maslahat xizmati yo‘lga qo‘yiladi
Dushanba va payshanba kunlari tadbirkorlar uchun qonunchilikda belgilangan yordamlar bo‘yicha onlayn tarzda maslahat beriladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan «Tadbirkorlarga maslahat» tamoyili asosidagi xizmat joriy yilning 1 iyul sanasidan yo‘lga qo‘yiladi.
Bunda haftaning dushanba va payshanba kunlari tadbirkorlar uchun qonunchilikda belgilangan yordamlar, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish va kengaytirish to‘g‘risidagi turli mavzular bo‘yicha onlayn tarzda maslahat beriladi.
Qayd etilishicha, ushbu maslahatlar bo‘yicha barcha majburiyatni bajarish jamg‘arma majburiyatida emas.
Tadbirkorlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi masalalar yuzasidan jamoatchilik fikrini tizimli monitoring va tahlil qilish hamda ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish joriy etiladi.
Mavzuga oid
09:54 / 17.07.2026
Nyu Yorkda o‘zbek tadbirkori o‘lim tahdidiga uchramoqda
17:14 / 16.07.2026
Biznes-ombudsman Toshkent shahar hokimligini ogohlantirdi
16:55 / 08.07.2026
Tekshiruvlar va noaniqlik soliq yukini og‘irlashtiryapti - ekspertlar
15:04 / 23.06.2026