Qozoğistonning Yevrosiyo banki Özbekistonda şu’ba bankini oçadi. Bu haqda bank boşqaruv raisi Lazzat Satiyeva Toşkentda ötgan “Fintex, banklar va riteyl” 3-xalqaro PLAS-forumida ma’lum qildi.
“Yevrosiyo banki hozirda Qozoğistonning deyarli barça hududlarida faoliyat yurityapti, ayni paytda bank xalqaro miqyosda faol kengayib boryapti. Ayni damda Özbekistonda şu’ba bank oçiş jarayoni davom etmoqda”, – dedi u.
Satiyevaga köra, Yevrosiyo banki biznes-jarayonlarini raqamlaştirişning yuqori darajasiga erişgan; bank çakana va korporativ biznes örtasidagi sinergiyaga ham urğu bermoqda.
Yevrosiyo banki Özbekistonda şu’ba korxonasini taşkil etişi 2022 yil oxirida ma’lum bölgandi. Qozoğiston moliya bozorini tartibga soliş va rivojlantiriş agentligi dekabr oyida Yevrosiyo bankiga Özbekistonda şu’ba bankini oçişga ruxsatnoma bergan.
Yevrosiyo banki – Qozoğistonda aktivlari hajmi böyiça yuqori öntalikka kiruvçi tijorat banki bölib, boş ofisi Olmaota şahrida joylaşgan. 1994 yil taşkil etilgan bank 2020 yil 30 iyun holatiga Qozoğiston va Rossiyada 17 ta hududiy filiali, 117 ta kassa bölimlariga ega.
Bank ERG guruhi ekotizimiga (mineral resurslarni qazib oliş va qayta işlaş sohasida dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri) kiradi.
Eslatib ötamiz, 2018 yilda Qozoğiston Halyk banki Özbekistonda Tenge Bank şu’basini taşkil etgandi.

















