“Elçixona Özbekiston Respublikasining barça fuqarolarini Rossiya Federatsiyasi hududida amaldagi jamoat xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilişga, Rossiya va Ukrainaning çegaradoş viloyatlariga sayohat qilişdan, odamlar gavjum joylarga borişdan tiyilişga çaqiradi.
Axborot maydonidagi tasdiqlanmagan ma’lumotlarga işonmaslikni hamda qabul qiluvçi davlat rasmiy vakillarining körsatmalariga amal qilişingizni söraymiz. Qulaylik yaratiş maqsadida mamlakatimizning Rossiyadagi barça diplomatik vakolatxonalari töliq iş rejimida işlaydi”, — deyiladi elçixona bayonotida.
Ma’lum qilinişiça, zarur hollarda Özbekiston fuqarolaridan Moskva şahridagi elçixona yagona Koll-markaziga zudlik bilan murojaat qilişlari mumkin.
Ayni vaqtda Rossiyada “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi asosçisi Yevgeniy Prigojin va mamlakat Mudofaa vazirligi örtasida ançadan beri davom etayotgan mojaro özining avj nuqtasiga yetgan.
Prigojin Rostov şahrini egallab, Moskvaga “adolat marşi” boşlagani harbiy töntariş uyuştirişga uriniş sifatida qabul qilindi va FXX qurolli töntarişga uriniş moddasi böyiça iş oçdi. Xorijiy naşrlarga köra, Moskva harbiy garnizoni jangovar holatga keltirilgan, SOBR va FXX Don trassasiga blokpostlar örnata boşlagan.
Prigojin Şoyguni “Vagner”ga zarba berişda aybladi va “adolat marşi”ni boşladi. Asosiy ma’lumotlar
Rossiya prezidenti Vladimir Putin sobiq oşpazining bu harakatlarini “orqadan berilgan zarba” va “xiyonat” deb baholadi.

















