21-22 iyun kunlari Toşkent şahrida “Fintex, banklar, riteyl” PLAS– forumi bölib ötdi. Undagi sessiyalardan biri Markaziy Osiyoda islom moliyasi va uning istiqbollariga bağişlandi.

Forumda söz olgan Apex bank boşqaruvi raisi Bahrom Nömonovning fikriça, islom moliyasining tatbiq etilişi Özbekistonga har yili 10 milliard dollargaça investitsiya jalb qilişi mumkin. Aholining aksariyati musulmonlar ekani hisobga olinsa, islomiy moliyalaştiriş mahsulotlariga talab ortib boradi.

“Butun dunyoda islom moliyasiga bölgan ehtiyoj ortib boryapti. Xususan, ayni paytda jahonda islom moliyasining jami aktivlari qariyb 4 trillion dollarni taşkil etadi. Özbekistonda fuqarolarning qariyb 20 foizi diniy sabablarga köra an’anaviy kredit tizimidan foydalanmaydi. Mamlakatda islomiy moliyaning rivojlanişi har yili Özbekistonga 10 milliard dollargaça jalb etişi mumkin”, – dedi Nömonov.

U ayni paytda mamlakatda islomiy moliyaviy mahsulotlarini sinovdan ötkaziş uçun tartibga soluvçi qumdon işlayotganini qöşimça qildi.

“Vazirliklar va Markaziy bank islomiy moliya faoliyati uçun qonunçilik bazasini yaratiş ustida işlamoqda”, – dedi Apex bank raisi.

Hayot bank boşqaruvi raisi Zohid Alimov ham Özbekistonda islomiy moliyaga bölgan talab yuqori ekanini aytdi.

“36 million aholiga ega Özbekistonda islomiy moliyalaştirişning katta istiqboli bor, çunki aholining 90 foizi Islom diniga e’tiqod qiladi. Islomiy moliyaning jozibador jihatlari bu – tizimning şaffofligi va etikasi, kreditlaş jarayonlarini taqiqlaş hamda xatar va foydaning adolatli taqsimlanişi hisoblanadi. Ayni paytda Özbekistonda islomiy moliya tizimining faoliyat yuritişiga imkon beruvçi qonunçilik ustida iş olib borilmoqda”, – dedi u.

Islom moliya institutlari uçun buxgalteriya hisobi va audit taşkiloti kengaşi a’zosi Xondamir Nusratxöjayev islom moliyasini “zamonaviy moliyaviy iqtisodiyotning detoksi” deb atadi. Uning tuşuntirişiça, islom moliyasining asosida inson qadr-qimmati va mulkining daxlsizligi yotadi.

“Bu tizimda kredit foizsiz bölişi, moliyaviy risklar adolatli taqsimlanişi kerak. Bunday yondaşuv har qanday dunyoviy mamlakatga moliyaviy inklyuzivlik beradi”,