O‘zi nima bo‘lyapti?
Jamoat transportlariga o‘rnatilgan validatorga Humo kartasi bilan to‘lov qilinganda balansida mablag‘ bo‘lsa-da, xatolik bo‘layotgani, sababsiz bir necha marotaba pul yechib olish holatlari kuzatilayotgani haqida yo‘lovchilardan Kun.uz’ga murojaat kelib tushdi.
“21 iyun kuni Humo kartasi orqali to‘lov qilganimda avtobusdagi maxsus yechib olish uchun qo‘yilgan Atto qurilmasi ekranida texnik xato (oshibka) ko‘rsatildi. Ammo plastik kartamdan ketma-ket ravishda 9 marta, ya’ni 1 ming 400 so‘mdan jami 12 ming 600 so‘m yechib olindi.

Bu kabi holatlar oxirgi ikki kun ichida Toshkent shahridagi yo‘lovchilar orasida ko‘p uchrayapti. Aslida validatorga karta urilganida “galochka” belgisi chiqishi kerak, lekin oxirgi kunlarda faqat xatolik chiqyapti. Keyin qarasam, birin-ketin pul yechilgani haqida sms kelyapti.
O‘zi bu masala ancha oldin Mirzo Ulug‘bek metro stansiyasiga tushgandimda boshlangandi. O‘sha yerda ishlovchi qizlardan so‘raganimda, ular qurilma ishlamayotganini aytishgandi. Keyin naqd pulda chek olishga majbur bo‘lgandim.
O‘sha kuni kechroq kartamga qarasam umuman qoldiq summa ham qolmagan, doim 20 ming so‘m atrofida qoldiq mablag‘ turardi, metroga tushgan kunim shu pullar yo‘q bo‘lib qoldi. Qolmagandir-da, deb Humo kartamga 14 ming so‘m o‘tkazdim, keyin yana metroga tushdim. Yaxshi ishladi. Keyin kechroq Chilonzordan 8-sonli avtobusga chiqqandim, o‘shandan yana “oshibka” berishni boshladi”, – deydi tahririyatga murojaat yo‘llagan Jamshid Hasanov.
Holatni o‘rganish uchun Kun.uz muxbiri Twitter’da kichik so‘rovnoma o‘tkazdi, aksariyat mushtariylar jamoat transportidan foydalanishda Humo kartasi bilan muammo bo‘layotganini, ularda ham validatorga urilganida karta ishlamay qolayotganini ma’lum qildi.
“Odatda Humo kartasidan muammosiz pul yechib olinardi. Lekin seshanba kuni Kosmonavtlar metro bekatida bittada yecholmadi. Bekatdagi navbatchi qizning aytishicha, bunaqa holatlar tez-tez bo‘lib turadi. Nima sabab bo‘layotganini emas, yechimini aytdi — ATTO kartadan foydalan deb”,















