Davlat uluşi bölgan yirik işlab çiqariş korxonalarida şaffoflikni ta’minlaş maqsadida kuzatuv kengaşlari tarkibiga jamoatçilik vakillarini ham kiritiş taklifi berildi.
26 iyun kuni Özbekiston Xalq demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzod Uluğbek Inoyatovning Buxoro viloyatidagi saylovçilar bilan uçraşuvi bölib ötdi.

Uçraşuvda nomzod saylovoldi dasturidagi takliflari haqida batafsil ma’lumot berdi. Dasturdan iqtisodiyotni rivojlantiriş böyiça ham qator takliflar örin olgan. Xususan, davlat uluşi bölgan yirik işlab çiqariş korxonalari kuzatuv kengaşlari tarkibiga jamoatçilik vakillarini ham kiritiş orqali ularning şaffofligini yanada oşiriş nazarda tutilgan.

Şuningdek, Prezidentlikka nomzod dasturida davlat funksiyalarini bosqiçma-bosqiç fuqarolik jamiyati institutlariga berib boriş, şu orqali ularning ijtimoiy faolligini oşiriş taklif etilmoqda. Bu taşabbus partiya elektorati, jumladan, nogironligi bölgan şaxslarga ijtimoiy şeriklik asosida xizmat körsatilişida dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Xalq demokratik partiyasi matbuot xizmati
















