Jahon | 17:21 / 29.06.2023
9936
3 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston AQSh va Rossiyaning Nikita Kislitsinni ekstraditsiya qilish bo‘yicha so‘rovlarini o‘rganadi

F.A.C.C.T. kiberxavfsizlik firmasi xodimi Nikita Kislitsin Qozog‘istonda qo‘lga olingan. Hozir Qozog‘iston Bosh prokuraturasi uning AQShda nimada ayblanayotganini tekshirmoqda.

Foto: YouTube

Qozog‘iston 22 iyun kuni qo‘lga olingan F.A.C.C.T. IT-kompaniyasi (sobiq Group-IB) xodimi Nikita Kislitsinni ekstraditsiya qilish bo‘yicha AQSh va Rossiya so‘rovlarini o‘rganadi. Bu haqda 29 iyun, payshanba kuni bir qator OAV Qozog‘iston bosh prokurori o‘rinbosari Ulan Bayjanovga tayanib xabar berdi.

Uning ta’kidlashicha, hozir Qozog‘iston tomoni Kislitsin aynan nimada ayblanayotganini aniqlash maqsadida AQShga so‘rov yubormoqda. Shundan so‘ng, mamlakat bu Qozog‘istonda jinoyat ekanligini tahlil qilmoqchi. «Shundagina biz ekstraditsiya bo‘yicha qaror qabul qilamiz. Agar u (Kislitsin) boshpana so‘rab murojaat qilsa, u kechiktiriladi. Biz buni hal qilamiz», - deya Bayjanov so‘zlarini keltirgan «Interfaks».

Ayni paytda, Rossiyaning bir qator ommaviy axborot vositalari, jumladan, «Vedomosti» gazetasi va RIA «Novosti» davlat axborot agentligi ham Qozog‘iston bosh prokurori o‘rinbosariga tayanib, Rossiya so‘rovi Amerika so‘rovidan ustun bo‘lishini yozgan. «Hech qanday ustuvorlik haqida gap yo‘q, birinchi navbatda bu - fuqarolik. Bu holatda birinchi o‘rin Rossiya tomoniga tegishli. Lekin biz u ayblanayotgan barcha qilmishlar, jumladan, Rossiyada jiddiy ekanligiga ishonch hosil qilishimiz kerak», - deya Bayjanov so‘zlarini keltirgan jurnalistlar. 

28 iyun kuni Qozog‘istonda F.A.C.C.T kiberxavfsizlik kompaniyasi xodimi Nikita Kislitsin 22 iyun kuni qo‘lga olingani ma’lum bo‘ldi.

2006 yildan 2012 yilgacha Kislitsin dasturlash va axborot xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan «Xaker» jurnalining bosh muharriri bo‘lgan. 2012 yil aprel oyida u AQShga jo‘nab ketdi va kibertahdid bo‘yicha mustaqil tadqiqotchi sifatida ishlay boshladi. 2013 yil yanvar oyida Kislitsin Ilya Sachkov asos solgan Group-IB’da ish boshladi. Sachkov 2021 yil sentabrida davlatga xiyonat ishi bo‘yicha hibsga olingan edi. Tergov uni «davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni xorijiy davlatga topshirgan» deb hisoblamoqda. Sachkov aybini tan olmadi va «FSB»ni ta’qib qilishda aybladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid