Chunki xususiy harbiylashgan kompaniyani tuzgan insonni Belarus bilan hech narsa bog‘lamaydi. Hozircha Aleksandr Lukashenko mamlakat mudofaa vaziriga «Vagner» jangarlarining tajribasini o‘rganishni buyurdi, biroq Belarus hech kim bilan urushga hozirlik ko‘rmayapti, deb yozadi BBC.

Ilk qo‘l siqishishdan 21 yil o‘tib

«Lukashenko vaziyatni tartibga solish bo‘yicha vositachilik qilishi haqida chindan ham ikki prezident shartlashib olishdi. Gap shundaki, Aleksandr Grigorevich azaldan, 20 yillardan buyon Prigojin bilan tanish, bu uning shaxsiy tashabbusi bo‘ldi va keyin u prezident Putin tomonidan ma’qullandi», — deya tushuntirdi RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Belarus prezidentining «Vagner» XHK tomonidan isyon qilishga urinishiga aralashganini.

Aslida, Lukashenko va Prigojinning azaldan «shaxsan tanishligi» biroz mubolag‘a. Rossiya nashrlari ma’lumotiga ko‘ra, Prigojin va Lukashenko 2000-yillar boshida Sankt-Peterburgdagi New Island restoranida tanishgan bo‘lishi mumkin. Restoranni Prigojin ochgan, Putin u yerda bir necha muhim mehmonlar — Jak Shirak, kichik Jorj Bush kabilarni qabul qilgan. Bunday uchrashuvlar mobaynida Prigojin ofitsiantlik qilgan. O‘sha joyda Putin 2002 yilda Lukashenko bilan kechki ovqat tanovul qilgan. Ko‘rsatilgan xizmat Lukashenkoga shunchalik yoqib tushganki, u Prigojinga tashakkur bildirib, qo‘lini siqib qo‘ygan.

«Bu shunchaki oniy fursatda o‘tgan tanishish deyish mumkin, keyinchalik ular o‘rtasida alohida tilga olish mumkin bo‘lgan hech qanday tanishuv ro‘y bermagan», — deydi siyosatshunos Artyom Shraybman.

Biroq, 2020 yilda ularning har ikkisi o‘sha yilning g‘alati siyosiy voqeasi qahramonlariga aylanishdi.

Bir xil kiyimli turistlar

2020 yil iyul oyi oxirlarida «BelTA» davlat axborot agentligi kuchishlatar tizimlarga havola qilib, Belarusda davlatga qarshi fitna ochilganini e’lon qildi: mamlakatga «saylov kampaniyasi davrida barqarorlikni izdan chiqarish uchun» ikki yuz nafarga yaqin jangarilar kelgani xabar qilindi. Ular «rossiyalik turistlar uchun xos bo‘lmagan xatti-harakati va harbiy stildagi bir xil kiyimlari bilan» e’tiborga tushgan.

«Spirtli ichimliklar ichishmagan, ko‘ngilochar maskanlarga borishmagan, birovlarning sinchkov e’tiborini jalb qilmaslik uchun o‘zlarini odamlardan chetda tutishgan»,