Iroqlik Momika Qur’oni karim nusxasini Stokholmdagi boş masjid oldidagi maydonda islom olamining muqaddas bayrami Qurbon hayitining birinçi kuni nişonalayotganda yoqib yubordi. Mahalliy politsiya arab yigitning bir kişilik provokatsion aksiyasidan keyin töqnaşuv kelib çiqişiga tayyor turgan, lekin bunday bölmagan.

Iroq hukumati Şvetsiyada islom olamining muqaddas kitobini yoqişdek provokatsion harakatlar ekstremistik kayfiyatdagi ruhiy nosoğlom odamlar tomonidan amalga oşirilişiga e’tibor qaratgan.

«Bu söz erkinligiga zid bölgan agressiya va nafratni ifodalovçi harakatdir. Boşqa insonlarning qadriyatlarini hurmatsiz qiladigan bunday şarmandali harakatlar şubhasiz qoralanadi», deyiladi rasmiy Bağdod bayonotida.

Rasmiy Tehron Şvetsiya poytaxtida Qur’on nusxasi yoqilişini oqibati öylanmagan provokatsion harakat deb atagan.

«Eron islom respublikasi hukumati, eronliklar bunday haqoratomuz harakatlarga toqat qilmaydi va bu işni keskin qoralaydi. Şvetsiya hukumati qadriyatlarni haqorat qilişdek bunday işlar takrorlanişiga yöl qöymasligini kutyapmiz», dedi Eron taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Nosir Kanoniy.

Marokaş tomoni ham holatga reaksiya bildirib, mamlakatning Şvetsiyadagi elçisini maslahatlaşuv uçun çaqirib oldi. Şvetsiyaning Marokaşdagi elçisi esa norozilik bildiriş uçun TIVga çaqirildi.

«Makkada haj amallari bajarilayotgan va islom olami uçun muqaddas bayram nişonlanayotgan vaqtda amalga oşirilgan uşbu harakat milliardlab musulmonlarni haqorat qiliş hisoblanadi», deyiladi rasmiy Rabot bayonotida.

Marokaş tomoni noroziligida bunday provokatsiyalar Şvetsiya hukumatining ruxsati bilan amalga oşirilişiga e’tibor qaratilgan.

Sud qarori bilan

Foto: AFP

Avvaliga Şvetsiya politsiyasi jamoat tartibi buzilişi mumkinligini inobatga olib, iroqlik Salvan Momikaning aksiyasini röyxatga olişni rad etgandi. Ammo taşkilotçilar sudga murojaat qilib, öz talablari qonuniy bölganini isbotlaşga kirişdi. Sud da’voni qanoatlantiradi va ikki hafta ötib politsiya aksiya ötkazişga ruxsat beradi.

«Yuzaga kelişi mumkin bölgan xavf amaldagi qonunçilikka köra sörovni rad etadigan darajada emasdi», deyiladi Şvetsiya politsiyasi xabarida. Ammo xuddi şunday aksiya yanvar oyida Turkiya elçixonasi oldida amalga oşirilgaç, Stokholmda ikki hafta davomida norozilik namoyişlari ötkazilgandi.