Samarqand viloyati Qöşrabot tumani hududida joylaşgan Zarmitan tilla koni şaxtasi yuklaş punktiga boriş yölida ikki nafar yigitning oğir tan jarohati olgan holatdagi murdasi topilgan.

Halok bölgan yigitlardan biri 1999 yil, ikkinçisi 2003 yilda tuğilgan bölib, ular Qöşrabot tumani Mayintepa qişloğida yaşagan.

Boş prokuratura matbuot kotibining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, hodisa 2023 yil 28 iyun kuni sodir bölgan. Yigitlar kon işçilari kiyimida bölişgan va ularning yonida 2 qopda 94 kilogramm oğirlikdagi ma’dan toşlari bölgan.

Ma’lum qilinişiça, yigitlar konga tarkibida oltin bölgan ma’danli toşlarni talon-toroj qiliş uçun noqonuniy ravişda kirgan. Ularni yuklaş punktiga borib qaytayotgan yerosti öziyurar maşina operatori aniqlagan.

Birlamçi ma’lumotlarga köra, konga noqonuniy kirgan yigitlarni öziyurar maşina operatori bosib ötgan bölişi ham mumkin. Çunki öziyurar maşina kabinasi uning yon tomonida joylaşgan va yigitlar maşina harakat yönalişining qarama-qarşi yon tomoni operator köriş radiusidan taşqarida qolgan bölişi ehtimoli ham bor.

Hodisa joyiga tezkor-tergov guruhi a’zolari hamda Qizilqum kon texnika inspeksiyasi mutaxassislarining çiqişi ta’minlangan. Hozirda tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.