Niderlandiya qiroli mamlakatning qullar savdosidagi roli uchun uzr so‘radi
Villem-Aleksandr niderland koloniyalarida qullik bekor qilinganining 150 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan rasmiy marosimda: “Asirlikning barcha turlaridan eng xo‘rlovchisi qullikdir”, dedi.
Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr 1 iyul, shanba kuni Amsterdamda niderland koloniyalarida qullik bekor qilinganining 150 yilligiga bag‘ishlangan rasmiy marosimda o‘z mamlakatining o‘tmishda qo‘llangan qul savdosiga aralashgani uchun rasman uzr so‘radi.
56 yoshli monarx ta’kidlaganidek, bu mavzu "unga shaxsan va juda kuchli ta’sir qiladi". "Asirlikning barcha shakllari ichida qullik eng haqoratli, eng xo‘rlovchisidir", deb qo‘shimcha qildi Villem-Aleksandr. “Niderlandiya radioeshittirish korporatsiyasi” (NOS) xabariga ko‘ra, u ota-bobolari bunday tizimga qarshi chiqmagani uchun uzr so‘ragan.
Avvalroq, 2022 yil dekabr oyida Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte qirollik hukumati nomidan o‘z mamlakatining qul savdosiga aralashgani uchun rasman uzr so‘ragan edi. O‘tmishda niderland koloniyalarida amalda bo‘lgan qullikni u bir vaqtning o‘zida "insoniyatga qarshi jinoyat" deb atagan. Villem-Aleksandr o‘z fuqarolariga Rojdestvo murojaatida Ryuttening ushbu nutqini olqishladi.
16-17-asrlarda niderland qul savdogarlari Afrikadan 600 mingga yaqin odamni Janubiy Amerika va Karib dengiziga olib ketgan. 17-asrda Niderlandiya dunyodagi eng yirik mustamlakachi davlatlardan biri edi. So‘nggi yillarda niderland jamiyatida mamlakat shaharlari va muzeylarining boyligi ko‘proq uning mustamlakachilik o‘tmishi bilan bog‘liqligi borasida fikr paydo bo‘lyapti, deb ta’kidlaydi dpa agentligi.
Boshqa yirik mustamlakachi davlatlar – Buyuk Britaniya, Ispaniya, Belgiya monarxlari quldorlik siyosatini qoralagan bo‘lsa ham, buning uchun ham, mustamlakachilik siyosati uchun ham uzr so‘ramagan.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp inauguratsiya marosimida: «AQSh hukumati faqat ikki jinsni tan oladi»
Jahon | 03:50
-
The Guardian: Xalqaro jinoiy sud «eng yomon ssenariyga» tayyorlanmoqda
Jahon | 00:50
-
Latviyada Rossiya fuqarolarining ayrim sohalarda faoliyat yuritishi taqiqlanadi
Jahon | 00:18
-
Eron prezidenti Kremlda muzokaralarga kech qolgan Putinni kutishdan bosh tortgan
Jahon | 23:42 / 20.01.2025
Mavzuga oid
00:25 / 08.01.2025
Niderlandiyada boshpana so‘rab murojaat qilganlar soni to‘rt yil ichida birinchi marta kamaydi
00:20 / 10.12.2024
Niderlandiyada ichki chegara nazorati joriy etiladi
20:40 / 06.12.2024
G‘ayrat Fozilov Niderlandiya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi
23:41 / 03.12.2024