Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida ruxsatnomasiz Haj qilmoqchi bo‘lgan 17 mingdan ortiq odam ushlandi
Shuningdek, Hajning soxta tashkilotchi kompaniyalari ham fosh etildi.
Foto: SPA
Saudiya Arabistoni xavfsizlik idoralari Haj ziyoratini ruxsatnomasiz bajarishga uringan 17 mingdan ortiq odamni aniqladi, deb xabar berdi Arab News.
Jamoat xavfsizligi direktori va Haj xavfsizligi qo‘mitasi rahbari general-leytenant Muhammad al-Bassamiy so‘zlariga ko‘ra, jami 17615 kishi, jumladan, yashash, ish va chegara xavfsizligi qoidalarini buzgan 9509 nafar, shuningdek, 105 ta soxta Haj kampaniyasi tashkilotchilari qirollikning turli mintaqalarida hibsga olingan. Ularning ishi prokuraturaga o‘tkazildi.
Shu bilan birga, Haj qilish uchun ruxsatnomasi bo‘lmagan 203 mingga yaqin kishi Makkaga kiritilmagan, Makka va muqaddas joylarga kirish uchun ruxsatnomasi bo‘lmagan 129 mingga yaqin avtomobil ham qaytarilgan.
Al-Bassamiy so‘zlariga ko‘ra, Hajga ruxsati bo‘lmagan ziyoratchilarni olib ketayotgan 33 kishi hibsga olinib, huquq-tartibot idoralariga topshirilgan.
Avvalroq, Saudiya Arabistoni 2023 yilda 1,8 mln kishi Haj ziyoratini amalga oshirganini ma’lum qilgan edi.
Mavzuga oid
13:58 / 06.05.2026
Eron urushi: BAA va Saudiya o‘rtasidagi yashirin ziddiyatlar yuzaga chiqdi
18:34 / 02.05.2026
O‘zbekistonlik ziyoratchilarning ilk guruhi Hajga yo‘l oldi
12:05 / 20.04.2026
Bedarak yo‘qolgan moviy olmos – tailandlik xizmatchi Saudiya qirollik oilasining boyliklarni qanday o‘g‘irlagandi?
07:33 / 17.04.2026