Mixail Saakashvili videoaloqa orqali sudda chiqish qilmoqda

Gurjistonning sobiq prezidenti, hozirda mahbuslikda bo‘lgan Mixail Saakashvili 3 iyul kuni Tbilisidagi sud majlisiga masofadan videoaloqa orqali ulandi, sudda 2007 yil 7 noyabridagi norozilik aksiyasini bostirish ishi ko‘rilmoqda.

Bu Saakashvili shu yil fevralidan buyon ilk bor ommaga ko‘rinish berishi bo‘ldi.

Aloqa vaqtida u parlament raisi Shalve Papuashviliga murojaat qildi va Gurjistonda Saakashviliga nisbatan qilingan yomon munosabat bo‘yicha dezinformatsiya tarqatayotganlar uzr so‘rashini kutayotganini aytgan.

«Meni bu holatga tushirganingiz uchun siz kechirim so‘rashingiz kerak», — degan juda ozib ketgan Saakashvili Papuashviliga yuzlanib.

«Siz meni shu ahvolga tushirdingiz va siz yevroparlamentariylar qarshisida, oilamdan, mendan, Ukraina davlatidan […] va Gurjistonning barcha fuqarolaridan gurjilar davlati asoschisi shu holatga tushgani uchun kechirim so‘rashingiz kerak. Papuashvili, menga yaxshilab qara», — degan Saakashvili o‘zining naqadar ozib ketganini ko‘rsatish uchun maykasini ko‘tarib.

Foto: Irakli Gedenidze / Reuters / Scanpix / LETA

Ayni vaqtda Gurjistonning emas, Ukraina fuqarosi sanaladigan Saakashvili o‘tgan yil mayidan buyon Tbilisidagi «Vivamedi» klinikasida yotibdi. U 2021 yil oktyabrida, vataniga qaytganidan ko‘p vaqt o‘tmasdan qo‘lga olingandi.

Gurjistonda Saakashvili bir necha jinoiy ish bo‘yicha ayblangan. Ularning ikkisiga ko‘ra, u hali Gurjistonga qaytmasidan sirtdan olti yil muddatga hukm qilingandi.

2007 yil 7 noyabridagi mitingni tarqatish, «Imedi» telekompaniyasiga bostirib kirish va Badri Patarkatsishvilining mulkini (telekompaniya unga qarashli bo‘lgan) noqonuniy o‘tkazish bo‘yicha prokuratura tomonidan Saakashviliga ayblov uning ikkinchi prezidentlik muddati yakunlanishi bilanoq qo‘yilgan. Prokuratura sobiq prezidentni mansab vakolatlarini suiiste’mol qilishda ayblagan.

Saakashvili esa o‘zini «Putinning mahbusi» deb ataydi va o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni siyosiy motivga ega ta’qib deb hisoblaydi.