Germaniya kansleri Olaf Şols Germaniya Ruminiyani yil oxirigaça Şengen hududiga qöşilişida qöllab-quvvatlaşiga va’da berdi. Berlin Buxarestni «bu yil tölaqonli a’zo» böliş istagida qöllab-quvvatlaydi, dedi Şols 4 iyul, seşanba kuni Germaniya poytaxtida Ruminiya boş vaziri Marçel Çolaku bilan uçraşuvdan söng. 

AFP agentligi keltirgan kanslerning sözlariga köra, mamlakatning bu yönalişdagi «katta sa’y-harakatlari»ni «yetarliça qadrlaş» kerak. Germaniya Ruminiya va Bolgariyaning Şengen hududiga qöşiliş imkoniyatlarini «Yevropa Ittifoqidagi döstlar» bilan «doimiy» muhokama qilmoqda, dedi Şols. 

Ruminiya hukumati rahbari Çolaku, öz navbatida, Germaniya özini «Ruminiyaning haqiqiy dösti» sifatida körsatganini aytdi. Uning ta’kidlaşiça, Ruminiyaning Şengenga qöşilişining «asossiz blokadasi» Yevropa birligiga putur yetkazadi. 

2022 yil dekabr oyida Bryusselda bölib ötgan Yevropa Ittifoqining içki işlar va adliya böyiça kengaşi yiğilişida Ruminiya va Bolgariyaning Şengen hududiga qöşiliş haqidagi arizalari Avstriya va Niderlandiyaning ovozlari bilan rad etildi. Şu bilan birga, YeI davlatlari Xorvatiyaning 2023 yil 1 yanvardan boşlab Şengen hududiga kirişini ma’qulladi.