Meta Twitter’ga raqobatchi bo‘lgan yangi servisni ishga tushirdi
Instagram bazasiga asoslangan Threads ilovasi funksionalligi jihatidan Twitter’ga o‘xshaydi va u bilan raqobatlasha oladi.
Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlariga egalik qiluvchi Amerikaning Meta kompaniyasi 6 iyul, payshanbaga o‘tar kechasi Ilon Maskning Twitter’iga raqobatchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan Threads nomli mikrobloglar xizmatini rasman ishga tushirdi.
«Keling, buni amalga oshiramiz. Threads’ga xush kelibsiz», deb yozgan Meta bosh direktori Mark Tsukerberg yangi platformadagi birinchi postida. Uning qayd etishicha, ishga tushirilgandan keyingi dastlabki ikki soat ichida ikki million foydalanuvchi ilovada ro‘yxatdan o‘tgan.
Twitter kabi Threads servisi ham layk qo‘yish, fikr bildirish yoki o‘quvchilar bilan bo‘lishish mumkin bo‘lgan qisqa matnli xabarlarni joylashtirish imkonini beradi, lekin u to‘g‘ridan to‘g‘ri xabarlarni yuborish imkoniyatiga ega emas. Ilova Instagram bazasiga asoslangan bo‘lib, u yerdan shaxsiy ma’lumotlar va obunachilarni ko‘chirib o‘tkazish mumkin. Meta blogiga ko‘ra, postlar uzunligi 500 ta belgidan iborat bo‘lishi mumkin va havolalar, fotosuratlar hamda besh daqiqagacha bo‘lgan videolarni o‘z ichiga oladi.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, ilovani dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida Apple App Store va Google Play Store’dan yuklab olish mumkin.
Meta postlarni ko‘rishga cheklovlar qo‘yilgani sababli Twitter foydalanuvchilari orasida keng tarqalgan norozilik fonida Threads ishga tushirilganini e’lon qildi. Endi tasdiqlangan foydalanuvchilar kuniga 10 000 tagacha, tasdiqlanmagan foydalanuvchilar 1000 tagacha va yangi foydalanuvchilar atigi 500 tagacha tvitlarni ko‘rishi mumkin.
Mask cheklovlar zaruratini «ma’lumotlar yig‘ish va manipulyatsiyaning o‘ta yuqori darajasi» bilan izohladi, ammo bu chora vaqtinchalik bo‘lishiga ishontirdi. Biroq, cheklovlar ko‘plab foydalanuvchilarni Twitter’ga muqobil variant izlashga majbur qildi.
Mavzuga oid
20:42 / 17.12.2024
Irlandiya regulyatori Meta kompaniyasini 251 mln yevro jarimaga tortdi
19:05 / 12.12.2024
Meta kompaniyasi Trampning inauguratsiyasiga 1 mln dollar xayriya qildi
20:43 / 14.11.2024
Yevrokomissiya Meta’ni qariyb 800 mln yevro jarimaga tortdi
19:42 / 22.10.2024