O‘zbekistonda muddatidan avval prezidentlik saylovida amaldorlar ham faollik ko‘rsatib, fuqarolik huquqidan foydalanmoqda.
MSK ma’lumotlariga ko‘ra, saylovda 15 ta xalqaro tashkilot, 47 ta xorijiy davlatdan tashrif buyurgan jami sakkiz yuz nafarga yaqin xalqaro kuzatuvchi bevosita kuzatib bormoqda. Siyosiy tadbirni jami 1 400 nafar mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari yoritib bormoqda.
Kun.uz saylovda qatnashayotgan hokimlar va hududiy rahbarlar suratlarini jamladi.
Toshkent shahri
Poytaxt hokimi Shavkat Umrzoqov Toshkent shahridagi 434-saylov uchastkasiga kelib ovoz berdi.
Toshkent viloyati
Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev prezidentlik saylovida turmush o‘rtog‘i va nabirasi bilan birga ishtirok etdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay O‘rinbayev oila a’zolari bilan Nukusdagi 7-saylov uchastkasidaQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Farhod Ermanov Nukus shahridagi 83-saylov uchastkasida ovoz bergan.
Farg‘ona viloyati
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov Farg‘ona shahridagi 88-saylov uchastkasida ovoz berdi.
Andijon viloyati
Shuhratbek Abdurahmonov saylovda ovoz bermoqda
Surxondaryo viloyati
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi 260-saylov uchastkasida ovoz bergan.
Mavzuga oid
Qashqadaryo viloyati
Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov Qarshi shahridagi 4-saylov uchastkasida ovoz bergan.
Samarqand viloyati
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Samarqand shahridagi 42-maktabdagi 144-saylov uchastkasida birinchilardan bo‘lib ovoz bergan.
Jizzax viloyati
Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev Jizzax shahridagi Toshloq mahallasida joylashgan 39-saylov uchastkasida bo‘lib, fuqarolik huquqidan foydalandi.
Sirdaryo viloyati
Sirdaryo viloyati hokimi Akmal Mahmudaliyev Guliston shahridagi 15-saylov uchastkasida
Buxoro viloyati
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Buxoro shahridagi 49-saylov uchastkasida o‘z ovozini bergan.
Navoiy viloyati
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Navoiy shahridagi 6-saylov uchastkasida ovoz berdi
Namangan va Xorazm viloyatlari hokimliklari matbuot xizmatlari hudud rahbarlarining saylov uchastkalarida olingan suratlarini taqdim etmagan.
Saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari 20:00 ga qadar davom etadi.