Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTB O‘zbekistonga 125 mln dollar qarz ajratadi
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 125 mln dollar qarz beradi. Ushbu mablag‘lar yettita viloyat: Buxoro, Farg‘ona, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Navoiy va Toshkentdagi umumiy uzunligi 359 km bo‘lgan 12ta elektr uzatish liniyalarini qayta ta’minlash, shuningdek, Fayzobod, Obihayot, Zafar va Zarafshondagi 220 kilovoltli to‘rtta kichik stansiyani rekonstruksiya qilish uchun ishlatiladi.
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonning elektr uzatish tarmog‘ini takomillashtirish, energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanadigan energiya manbalariga mamlakat energetika tarmog‘ining integratsiyalashuviga yordam berish maqsadida 125 mln dollar miqdorida kredit ajratadi. Bu haqda bank axborot xizmati xabar bermoqda.
“Dekarbonlashtirish uchun raqamlashtirish – elektr uzatish tarmoqlarini yaxshilash” loyihasi doirasida yettita viloyat: Buxoro, Farg‘ona, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Navoiy va Toshkentda umumiy uzunligi qariyb 359 km bo‘lgan 12ta elektr uzatish liniyalari qayta ta’minlanadi. Shuningdek, loyiha Fayzobod, Obihayot, Zafar va Zarafshondagi 220 kilovoltli to‘rtta kichik stansiyalarni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, ularning quvvatlarini joriy va prognoz qilinayotgan energiyaga bo‘lgan ehtiyojni qondirish uchun ko‘paytirish ishlarini moliyalashtirishni ham o‘z ichiga olgan.
“Ushbu loyiha O‘zbekistonning ishonchli va arzon elektr energiyasiga ortib borayotgan talabini qondirishga yordam beradi, shu bilan birga mamlakatning yashil va past uglerodli iqtisodiyotga o‘tishini qo‘llab-quvvatlaydi. Milliy tarmoqni modernizatsiya qilish davlat va xususiy sektorning qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarini to‘ldiradi va barcha uchun energiyadan foydalanishni yaxshilashga yordam beradi”, degan OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha bosh direktori Yevgeniy Jukov.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston OTBga 1995 yilda a’zo bo‘lgan bo‘lib, o‘shandan beri bank mamlakatga 10,8 milliard dollar miqdorida qarz, grant va texnik ko‘mak ajratgan.
Mavzuga oid
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
20:31 / 03.05.2026
Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi
17:27 / 18.11.2025
Prezident Osiyo taraqqiyot banki rahbari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdi
14:44 / 18.11.2025