Bangkokda ötgan Osiyo Olimpiya kengaşining Boş Assambleyasida Osiyo miqyosida ötkaziladigan bir qator yirik musobaqalar böyiça qaror qabul qilindi. 

Unga köra, 2023 yil noyabr oyida Tailandning Bangkok va Çonburi şaharlarida ötkazilişi rejalaştirilgan VI Jang san’ati va yopiq inşootlardagi Osiyo öyinlari 2024 yil fevral-mart oylariga qoldirildi. 

Xitoyning Xarbin şahri 2025 yil ötkaziladigan IX qişki Osiyo öyinlari mezbonligini qölga kiritdi. 

2029 yilgi qişki Osiyo öyinlariga Saudiya Arabistonining Trojyena şahri mezbonlik qiladi. Uşbu şahar hozir yangidan qurilmoqda.