Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda taksi haydovchisi yosh bolani itlar hamlasidan qutqarib qoldi
Ayni vaqtda maktab o‘quvchisiga tashlangan itlar ushlanib, karantinga olingan. Bolaning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.
Foto: Videodan kadr
11 iyul kuni tarmoqlarda taksi haydovchisi maktab yoshidagi bolani itlar hamlasidan qutqarib qolgani aks etgan video tarqaldi. Unda holat Samarqand shahrida bo‘lgani aytiladi.
Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB matbuot kotibi Jahongir Sagdullayev bayonot berdi. Ma’lum bo‘lishicha, holat 8 iyul kuni Samarqand shahrining Nabiyev-4 ko‘chasida sodir bo‘lgan.
Ko‘chadagi mashina ustaxonasi ichida yuradigan itlar ko‘chadan o‘tib ketayotgan bolakayga tashlangan. Shu vaqtda taksi haydovchisi holatni ko‘rib qolib, itlarni haydagan va bolakayga yordam bergan.
Hozirda bolaga tashlangan itlar ushlanib, karantinga olingan. Bolaning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.
Shuningdek, qo‘shimcha o‘rganishlar davomida itlarning egasi aniqlansa, unga nisbatan ham qonuniy tartibda chora ko‘rilishi aytildi.
Mavzuga oid
13:21 / 21.04.2026
Saida Mirziyoyeva Samarqandda JSST rahbari bilan uchrashdi
10:11 / 21.04.2026
Saida Mirziyoyeva Samarqand forumida narkotahdidlarga qarshi zamonaviy texnologiyalar bilan tanishdi
22:14 / 20.04.2026
Narkotiklar endi virtual makonda: xalqaro hamjamiyat Samarqandda birlashdi
22:00 / 20.04.2026