Saudiya kompaniyasi O‘zbekistonda «yashil» vodorod ishlab chiqaruvchi zavod qurishga tayyorlanyapti
Joriy yilning 10 iyul kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir Laziz Qudratov ACWA Power kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayan bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Tomonlar kompaniyaning mamlakatdagi joriy loyihalari portfelini amalga oshirishning dolzarb masalalarini hamda energetika va kimyo sanoatida investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi.
Uchrashuvda ACWA Power kompaniyasining respublika energetika tarmog‘ini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi qayd etildi. Bugungi kunda kompaniyaning mamlakatdagi investitsiya portfeli umumiy qiymati 6,8 milliard dollardan ortiq va umumiy quvvati 5,5 GVt dan ortiq bo‘lgan 8 ta loyihadan iborat.
Sirdaryo viloyatida quvvati 1,5 GVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasini, Buxoro viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida umumiy quvvati 2,6 GVtga teng shamol elektr stansiyalarini hamda Samarqand va Toshkent viloyatlarida 1,4 GVt quvvatga ega quyosh stansiyalarini qurish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishning dolzarb masalalari yuzasidan konstruktiv fikr almashildi. Loyihalarni jadal ishga tushirishni ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar kompleksini qabul qilishga kelishildi.
Alohida tartibda bir qator yangi tashabbuslar ko‘rib chiqildi. Shu tariqa, tomonlar zarur jarayonlar yakunlangani va yiliga 3 ming tonna quvvatga ega «yashil» vodorod ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi loyihasi bo‘yicha yangi kelishuvlar tuzilganini olqishladi. Qurilish ishlari joriy yilning kuzida boshlanishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, shamol turbinalari uchun uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihasini jadallashtirish istiqbollari muhokama qilindi. Ikkala tomonning fikriga ko‘ra, mazkur loyihaning O‘zbekistonda amalga oshirilishi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish geografiyasi va hajmlarini sezilarli darajada kengaytiradi va mazkur texnologiyalarning ichki bozorda ommabopligini oshiradi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Braziliyada fermer 36 mln dollar yutib oldi va 25 kundan keyin stomatolog qabulida vafot etdi
Jahon | 21:31
-
YeIga a’zo 5 ta davlat bolalar uchun TikTok va YouTubeʼni taqiqlash taklifi bilan chiqdi
Jahon | 21:14
-
Ukrainaning Rossiya aerodromlariga kutilmagan hujumlari urushda burilish nuqtasi bo‘ladimi?
Jahon | 20:53
-
«Missiya yakunlandi». «Vagner» XHK Malidan ketishini e’lon qildi
Jahon | 20:33
Mavzuga oid

19:09 / 21.04.2025
Airbus vodorodda uchadigan «yashil» samolyotini taqdim etishni kechiktirdi

20:00 / 13.04.2025
Xitoy uzluksiz 30 soatgacha parvoz qilishga qodir dronni taqdim etdi

15:23 / 19.03.2025
AQShda humanoid robotlar o‘ziga o‘xshash mashinalarni yaratadigan zavod ochilmoqda

14:59 / 03.03.2025