Yerning o‘rtacha harorati 60 daraja atrofida issiqqa yetdi. Bu esa issiq oqimlar ko‘payishiga sabab bo‘lyapti. Harorat oshib borishi natijasida bir necha issiqxona davrlarini boshdan kechirgan Yer sayyorasi bu safar issiqlikka insoniyat kechirayotgan turmush tarzi sabab yuz tutyapti. Eng yomoni, Yer ham xuddi qo‘shni Venera sayyorasi kabi qizib ketishi ehtimoli bor.
Iyul oyi boshida Yer sayyorasida 1979 yildan beri ilk marta eng issiq harorat qayd etildi. AQSh Atrof-muhitni prognoz qilish milliy markazi o‘rganishlariga ko‘ra, harorat 1979 yilgi rekordni yangilab o‘rtacha 62 gradus issiqqa chiqqan.

Ekspertlar bu rekord tez orada yana yangilanishini prognoz qilyapti. Biroq Yerning bardoshi qanchaga yetadi? Rekord darajada issiq ob-havo qayd etilaversa ham, biz odatiy turmush tarzimizni davom ettirishimiz mumkinmi?
Yer sayyorasida o‘tmishda ham issiq kunlar qayd etilgan, bunday harorat ko‘tarilishlari kelajakda ham albatta sodir bo‘ladi. Issiqxona davri deb atalgan tarixiy bosqichda Yer issiqxona gazlari bilan to‘lgan va dahshatli issiqlik to‘lqinlari kuzatilgan. Insoniyat chiqarayotgan uglevod chiqindilari Yerni yana o‘sha issiqxona davriga qaytarmasligi mumkin, lekin iqlim o‘zgarishi issiqlik oqimlarini ko‘paytirishi aniq.

Yer harorat yuqoriligi sabab qo‘rg‘oshin erib ketadigan Venera sayyorasi darajasiga borib qolmasa ham, tez-tez kuzatilayotgan issiq oqimlar insonning haroratlarga chidamlilik chegaralarini buzib o‘tadigan darajada ko‘p sodir bo‘ladi.
Issiqlik davrlari qanday bo‘lgan?
Ayni paytda Yer muzxona davrini boshdan kechiryapti, bu degani muz hosil bo‘lishi uchun yetarlicha sovuq harorat bo‘layotganini anglatadi. Issiq dunyo qanday bo‘lganini tushunish uchun esa bundan 50 mln yil oldinga, Eotsen davriga qaytishga to‘g‘ri keladi.
“Eotsen davri Yer sayyorasida kuzatilgan haqiqiy issiq davr bo‘lgan”, deydi Arizona universiteti klimatologi Jyessika Tierney.


















