Joriy yilning 12 iyulidan boşlab Respublika tovar-xomaşyo birjasi orqali sotuvga qöyiladigan sintetik dizel yoqilğisi narxi pasaydi. Bu haqda “Özbekneftgaz” matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, sintetik dizel yoqilğisi bir tonnasining boşlanğiç narxi 10 116 972 sömdan 9 499 953,08 sömgaça arzonlaştirilgan.

“Şu bilan birga, “Özbekneftgaz” AJ yarim sintetik dizel yoqilğisining narxi bir tonna uçun 13 488 974 sömdan 11 673 687 sömgaça pasaytiriladi.

"GTL" dizel yoqilğisi “Yevro-6” standartining Yevropa sifat darajasiga javob beradigan zamonaviy va yuqori sifatli yoqilğidir”, deyiladi rasmiy xabarda.

Ma’lumot uçun, "GTL" dizeli “Yevro-4” va undan yuqori standart yonilğida işlaydigan yengil avtomobillar va yuk maşinalari, şuningdek, mahalliy va xorijda işlab çiqarilgan katta gabaritli va maxsus dizel yonilğili transport vositalariga mos keladi.

Eslatib ötamiz, 2022 yilda Özbekistonda dizel narxi yarim yilda 1,5 barobarga oşgandi. Benzin narxlarining sezilarli kötarilişi bilan parallel ravişda dizelning qimmatlaşuvi 50 foizga yetdi. Jamoatçilik GTL zavodi işga tuşgan bölsa-da, dizel narxi pasaymaganiga e’tibor qaratgandi.

Şundan keyin “Özbekneftgaz” noyabrdan GTL zavodining ikkinçi bosqiçi işga tuşirilişi bilan dizel narxi pasaytirilişini ma’lum qildi. Tovar-xomaşyo birjasi orqali sotuvga qöyiladigan sintetik dizel yoqilğisi bir tonnasining boşlanğiç narxi 12 998 420 sömgaça arzonlaştirildi. Kompaniya işlab çiqariş hajmi oşirilişi bilan narx pasaytirilib borilişini ta’kidlagandi.