Özbekistonda yoqilği mahsulotlari – benzin va dizel sezilarli qimmatlaşdi. Şoxobçalarda AI-80 markali yoqilği narxi 8600 sömgaça yetgan. Şu bilan birga, benzin taqçilligi muammosi paydo böldi – hatto poytaxtda ham.

Toşkentdagi yirik AYoQŞ tarmoqlari va 30dan ortiq yakka şoxobçalardagi narxlarni monitoring qilib boradigan Golden Pages ma’lumotiga köra, iyul oyiga kelib şahardagi 10dan ortiq şoxobçada benzin yetişmovçiligi kuzatilgan.

“Özbekneftgaz” öz şoxobçalarida narxlarni özgartirmaganini aytmoqda. Kompaniya sönggi bor may oyi oxirida AI-80 narxini 6500 sömdan 6800 sömga oşirgan – yil boşidan beri ösiş 4,5 foiz. Toşkentdagi boşqa şoxobçalarda esa yil boşidan buyon AI-80 qimmatlaşişi 5,5 foizgaçani taşkil etdi (6 iyul holatiga – Golden Pages narxlar böyiça sönggi monitoringni şu kuni ötkazgan).

Benzin importi qisqargan

8 iyul kuni “Özbekneftgaz” xususiy şoxobçalarda narxlar oşayotganini yuqori oktanli benzin importi qisqargani bilan izohladi.

Unga köra, import kamayib, yuqori oktanli benzinning qimmatlaşişi mahalliy AI-80 narxiga bosimni yuzaga keltiryapti. Oddiyroq aytganda, katta miqdorda import qilinadigan AI-91 va undan yuqori markali benzin qimmatlaşgaç, haydovçilarning bir qismi AI-80 quyişga ötmoqda, bu segmentda talabning oşişi esa narx kötarilişiga olib kelyapti.

Izohda qöşimça qilinişiça, iyul oyining dastlabki 7 kunida respublikada AI-80 markali benzinga talab ötgan yilning mos davriga nisbatan 1,2 barobarga köproq bölgan.

Kun.uz benzin importi böyiça ma’lumot sörab, Statistika qömitasi matbuot xizmatiga murojaat qildi, biroq uç kun davomida javob olmadi.

Işlab çiqariş hajmida jiddiy özgariş yöq

Statistika qömitasi ma’lumotiga köra