Samarqand viloyatida qöriqlaş bölimi xodimlari tomonidan 18 tonnadan ortiq mahsulot qöriq ostidagi korxona omboridan olib çiqilayotgani foş etildi.
Joriy yilning 7 iyul kuni soat 20:15 da qöriqlaş xizmati xodimlari “Jomboy don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati omboridan çiqib ketayotgan “KAMAZ” rusumli avtomaşinani tekşirgan.
Milliy gvardiya xabariga köra, tekşiriş çoğida “KAMAZ”da 18 ming 400 kilogramm ortiqça yuk borligini aniqlagan, şuningdek, MÇJga qaraşli “KAMAZ” haydovçisida tegişli hujjatlar bölmagan.
Şundan söng, Samarqand viloyati qöriqlaş boşqarmasi rahbariyatiga korxona omboridan 18 tonnadan ortiq mahsulotni noqonuniy ravişda olib çiqişga uriniş haqida xabar berilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jomboy tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda.

















