Rasmiy kutib oliş marosimi Tbilisidagi hukumat ma’muriyatida bölib ötadi.
Taşrif doirasida Özbekiston boş vaziri va uning gurjistonlik hamkasbi Irakliy Garibaşvili örtasida yuzma-yuz va kengaytirilgan tarkibda uçraşuv rejalaştirilgan.
Avvalroq Özbekiston Gurjiston portlari orqali Yevropa va Amerika mamlakatlariga yuklarni uzluksiz taşişni ta’minlaş niyatida ekani haqida xabar berilgan edi.
Özbekiston Transport vazirligi xabariga köra, Gurjiston iqtisodiyot va barqaror rivojlaniş vaziri örinbosari Guram Guramişvili bilan uçraşuvda Özbekiston eksport va import tovarlarini Gurjiston portlari orqali Yevropa va Amerika davlatlariga taşişni taşkil etiş masalalari muhokama qilingan.
Uçraşuvda yuk taşiş narxi va muddatlarini pasaytiriş, tarif imtiyozlarini kengaytiriş masalalari ham körib çiqilgan.
Bundan taşqari, Poti va Batumi portlari infratuzilmasidan samarali foydalaniş yuzasidan fikr almaşildi. Uçraşuvlarda muhokama qilingan hamkorlik yönalişlari doirasida tomonlar kelgusida amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalarni belgilab oldi.

















