Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida reyd tadbiri olib borayotgan tuman Ekologiya bölimi boşliği, inspektor Mirali Hojiyev xizmat vaqtida yaralandi.
Ekologiya vazirligi xabariga köra, inspektor Qorovulbozor hududida noqonuniy ov qilinayotganidan xabar topgan. Holatga çek qöyiş maqsadida voqea joyiga borganida esa brakoner tomonidan öq uzilişi natijasida qölidan yaralangan. Brakoner voqea joyidan yaşiringan.
Boş prokuratura xabarida aytilişiça, tekşiriş davomida ov qiliş maqsadida kelgan va uşbu qilmişni sodir etgan şaxslar aniqlangan. Ulardan 2 dona ov qurollari xolislar iştirokida olib qöyilgan.
Qorovulbozor tumani ekologiya boşliği olgan tan jarohatlari yuzasidan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

















