Bir oliy ta’lim muassasasi doirasida oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari hamda mos mutaxassisliklari bo‘yicha talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash shu oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
Quyidagi hollarda talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi:
➖ oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari hamda mos mutaxassisliklari bo‘yicha bir vazirlik (idora) doirasida boshqa oliy ta’lim muassasasiga;
➖ oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari hamda mos mutaxassisliklari bo‘yicha turli vazirlik (idora) doirasida bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga.










