“Raqobat töğrisida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilinişi bilan, monopoliyaga qarşi organning hukumatdan mustaqil maqomi tiklandi. Raqobat qonunçiligini buzganlik uçun javobgarlik kuçaytirilib, qömitaning vakolatlari kengaydi. Kun.uz muxbiri mavzu yuzasidan Raqobat qömitasi boşqarma boşliği Mirzohid Komilov va iqtisodçi Otabek Bakirov bilan suhbatlaşdi.

– Raqobat qömitasi mas’ullari jamoatçilikka uşbu qonun yirik monopolistlarga ta’sir qilişini aytişgandi. Qonundagi özgarişlar haqiqatan yirik monopol sub’yektlarni çeklay oladimi?

Mirzohid Komilov: Ança kutilgan qonun böldi. “Raqobat töğrisida”gi qonunga bir qança özgartirişlar kiritildi. Şu jumladan, asosiy tuşunçalar bilan boyitildi. Raqamli platformalarda raqobat muhitini ta’minlaş uçun ularni ham qamrab oldik. Şu bilan birga, yirik davlat iştirokidagi korxonalarini taşkil etiş va ularning affillangan şaxslari böyiça ma’lum bir me’yorlar belgilandi.

“Raqobat töğrisida”gi qonunning asosiy prinsiplari, raqobat sohasida davlat siyosatining asosiy yönalişlari belgilab berildi. Şu bilan birga, bugungi kunda Raqobat qömitasi qonun va qonunosti hujjatlar bilan mustaqil taşkilotga aylandi. Boşqa davlatlarda antimonopol qömita heç qaysi idoraga böysunmaydigan mustaqil taşkilot hisoblanadi. Bizda ham endilikda Raqobat qömitasi prezident va Senatga hisobdorligi belgilandi.

Yirik taşkilotlar, xöjalik yurituvçi sub’yektlarda majburiy ravişda monopoliyaga qarşi komplayens nazorati tizimi joriy qilinişi kerak deb belgilandi. Asosiy özgarişlardan biri – raqobat qonunçiligini buzganlarga nisbatan moliyaviy jarimalar belgilandi. Avval raqobat töğrisidagi qonun talablarini buzganlar faqat ma’muriy javobgarlikka tortilardi. Jazoning sezilarli emasligi, qayta-qayta qonun buzilişiga va qömitani mensimasligiga sabab bölardi.

— Otabek aka, siz bu qonunni eng köp kutgan faollardansiz. Nima sababdan va qonunning aynan qaysi jihatlarini juda ahamiyatli bilgan holda, qabul qilinişini kutdingiz?

Otabek Bakirov: Bir neça yil bizda iqtisodiy ösiş davom etdi, lekin uning inklyuzivligi ta’minlanmadi. Iste’molçilarning iqtisodiy ösişdan töliq manfaatdorligini ta’minlay olmadik. Kambağallikka qarşi kuraş oqibatlarini monopoliyalar yöqqa çiqaraverdi. Tasavvur qiling, iste’molçilarning qaysidir toifasini qöllab-quvvatlayapsiz, lekin monopolistlar bu harakatlarni puçga çiqaryapti.