Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada Lenin mavzoleyini yoqib yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Erkak mavzoleyga yonuvchan modda bo‘lgan idishni uloqtirgan. Fevral oyida mast erkak mavzoleydan Leninning jasadini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgandi.
Moskvada erkak Qizil maydondagi Lenin mavzoleyiga yonuvchan modda bo‘lgan idishni uloqtirdi, deb xabar berdi Baza va Shot Telegram-kanallari. Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum qilgan shaxs - chitalik 37 yoshli Konstantin Stachukov. U bu ishni 17 iyul oqshomida, tug‘ilgan kuni arafasida uyushtirgan. Uning tashlab yuborgan yonuvchan modda bo‘lgan idishi yo‘l toshlariga urilib, yonib ketgan. Mavzoleyga zarar yetmagan.
O‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Unga nisbatan politsiya xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmaslik moddasi bo‘yicha ma’muriy ish qo‘zg‘atildi. U 18 iyul kuni sudga keltiriladi.
6 fevralga o‘tar kechasi politsiya mavzoleydan Leninning jasadini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxsni qo‘lga oldi. Politsiya bo‘limida 42 yoshli mebel yig‘uvchi Leninning mumiyosini o‘g‘irlash niyatini tasdiqlagan, biroq sababini tushuntirib bera olmagan. Qo‘lga olingan shaxs o‘zini shubhali tutgani uchun politsiya tez yordam chaqirgan.
Shifokorlar hujum qilmoqchi bo‘lgan shaxsning mastlik fonida ruhiy kasalligi borligini aniqladi. Rossiya ommaviy axborot vositalarining yozishicha, qo‘lga olinishidan oldin erkak «o‘zini g‘alati tutgan», «bema’ni gaplar aytgan» va mavzoley atrofida aylanib yurgan.
Mavzuga oid
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
20:39 / 27.04.2026
Moskvaga qish qaytdi – fotolar
12:07 / 23.04.2026