Mashinani mast holda boshqarish bo‘yicha Samarqand, Xorazm va Qoraqalpog‘iston haydovchilari peshqadam
Respublika bo‘yicha 2023 yilning 3 oyi davomida 5709 nafar haydovchi transportni mast holatda boshqargani uchun javobgarlikka tortilgan. Shundan 2452 ta holat Samarqand va Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hisobiga to‘g‘ri keladi.
Oliy sud tomonidan ochiqlangan birinchi instansiya sudlari tomonidan jinoyat ishlarining ko‘rib chiqilishiga doir statistikaga ko‘ra, mast holatda transport vositasini boshqarish holatlari yuqoriligicha qolmoqda.
Qayd etilishicha, 2023 yilning 3 oyi davomida respublika miqyosida 5709 nafar haydovchi transportni mast holatda boshqargani uchun javobgarlikka tortilgan. Bu borada Samarqand (900), Xorazm (797) va Qoraqalpog‘iston (755) haydovchilari peshqadam. Sudda ko‘rilgan holatlarning 2452 tasi yuqoridagi uch hudud hisobiga to‘g‘ri keladi.
Spirtli ichimlik ichgan holda mashina ruliga o‘tirish bilan bog‘liq eng kam ko‘rsatkich Sirdaryo (142), Jizzax (156), Navoiy (220) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
2022 yilda 23960 nafar haydovchi mast qiluvchi ichimlik ichib mashina haydagani uchun sud tomonidan javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, respublika bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand (4289), Xorazm (2684) va Qoraqalpog‘istonda (2105), eng kam ko‘rsatkich esa Namangan (722), Jizzax (1056) hamda Sirdaryo (1076) viloyatlarida qayd etilgan.
2021 yilda esa Ma’muriy javobgarlik kodeksining 131-moddasida (Transport vositasini mast holda boshqarish) ko‘zda tutilgan huquqbuzarlik bilan bog‘liq 25680 ta holat aniqlangan. Samarqand (4860), Xorazm (2628) va Qashqadaryo (2244) haydovchilari bu borada “peshqadam” bo‘lsa, Namangan (1000), Sirdaryo (1160), Jizzax (1195) viloyatlarida qolgan hududlarga nisbatan pastroq “natija” ko‘rsatishgan.
2019 va 2020 yilda mast holda avtomobil boshqargani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxslarga oid statistika jadvalda keltirilgan.
Umuman, olganda, Oliy sud ochiqlagan statistik ma’lumotlar Samarqand, Xorazm, Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Buxoro, Farg‘onada haydovchilar esa Ma’muriy javobgarlik kodeksining 131-moddasini buzishda respublika bo‘yicha yetakchilik qilib kelayotganini ko‘rsatgan.
Tavsiya etamiz
“Chorsu” mehmonxonasini buzish boshlandi. Bunga qancha vaqt ketadi?
O‘zbekiston | 19:03 / 18.01.2025
“Gullayotgan” avtofiribgarlik, sohadagi kuchli proteksionizm oqibati – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 09:58 / 18.01.2025
Ijtimoiy kartalarni tarqatish boshlandi. U qanaqa karta va kimlarga beriladi?
O‘zbekiston | 23:36 / 17.01.2025
Isroil HAMAS bilan kelishuv matnini e’lon qildi
Jahon | 22:06 / 17.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoyda 35 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qatl etildi
Jahon | 17:36
-
Janubiy Koreya o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga kvotalarni kamaytirishi mumkin
Jahon | 17:22
-
Qozog‘istonda migrantlarni qiynoqqa solgan politsiyachilar sudlandi
Jahon | 17:06
-
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” – “O‘zbekiston havo yo‘llari” osmondagi favqulodda holatga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03
Mavzuga oid
18:56 / 24.09.2024
YHXX boshlig‘i: “Yo‘l harakati qoidalarini ko‘p buzgan haydovchilar bilan «mahalla yettiligi» ishlamoqda”
10:36 / 06.09.2024
«Har bir xodimga kuniga 20 tagacha protokol» – Toshkent viloyatida YHXX xodimlariga majburiy «plan» qo‘yilmoqda
13:06 / 10.05.2024
YHXX masjidlar atrofida jamoat tartibini saqlash maqsadida qator tavsiyalar bilan chiqdi
11:20 / 20.04.2024